|
-DARS
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI Pdf ko'rish
|
bet | 165/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres3-DARS
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
223
ravishda boshqarish uchun datchiklar
konferensiya xonasi to‘lganligini aniqlashi,
konditsionerni yoqishi yoki ishxonaning
barcha xodimlari uyiga ketgan bo‘lsa,
issiqlikni o‘chirishi mumkin.
Aqlli dehqonchilik.
Qishloq xo‘jaligida
IoTga asoslangan aqlli dehqonchilik
tizimlari faoliyat yuritadi. Masalan,
sensorlar ekin maydonlarining yoritilishi,
harorati, namligi hamda tuproq namligini
kuzatishda yordam beradi. IoT sug‘orish
tizimlarini avtomatlashtirishda ham muhim
ahamiyatga ega.
Aqlli shaharlar.
Shaharlarning jadal
kengayishi natijasida ulardagi yuk kun sayin
ortib bormoqda. Bu esa yer osti suvlari,
chiqindilar, havoning ifloslanishi, sog‘liqni
saqlash va sanitariya, transport tirbandligi,
jamoat xavfsizligi va uni boshqarish kabi
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday muammolar dunyodagi ko‘plab shaharsozlarni
shaharlarni barqaror boshqarish, inson yashashi uchun qulaylashtirish yo‘llarini izlashga
majbur qilmoqda.
Aqlli shahar g‘oyasi resurslarni samarali boshqarish va taqsimlash uchun IoT bilan birga
kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi.
Aqlli shahardagi aqlli bino zilzila silkinishini aniqlash uchun datchiklardan foydalanadi. Aqlli
ko‘prik simsiz datchiklari yordamida bo‘shagan murvat, simlarni yoki yoriqlarni aniqlaydi.
Bu haqida SMS orqali tegishli idoralarni ogohlantiradi. Aqlli tunnel simsiz datchiklardan
foydalanib, tunneldagi har qanday tirbandlikka baho beradi. Datchik ma’lumoti sensorli
tugunlar tarmog‘i orqali simsiz signal sifatida markazlashtirilgan kompyuterga qo‘shimcha
tahlil uchun yuborilishi mumkin. Aqlli shaharda IoT datchiklari aqlli ko‘cha chiroqlaridagi aqlli
hisoblagichlar trafigini kamaytirish, energiyani tejash, atrof-muhit muammolarini hal etish va
sanitariya holatini yaxshilashga yordam beradi.
|
| |