3-DARS
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
227
VIRTUAL VOQELIK TURLARI
Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik
(ingl.
Non-immersive Virtual Reality
) – insonning
o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda kompyuter orqali virtual muhitdagi qahramon yoki
harakatlarni boshqarishi. Bunda virtual muhit inson bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmaydi.
Bunga kompyuter o‘yinlaridagi qahramonlarni boshqarishni misol keltirish mumkin, ya’ni
virtual muhit bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani o‘yin qahramoni amalga oshiradi, foydalanuvchi
esa virtual muhit bilan texnik jihatdan aloqada bo‘ladi.
To‘liq immersiv virtual voqelik (
ingl.
Fully Immersive Virtual Reality
) – immersiv bo‘lmagan
virtual voqelikning aksi. Bunday voqelik haqiqiy virtual tajribani ta’minlaydi. Bunda odam
o‘zini virtual dunyoda jismonan mavjuddek, u yerda sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok
etayotgandek sezadi. Haqiqiy virtual tajribani ta’minlash uchun sensorli detektorlar bilan
jihozlangan VR ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar, virtual kostyum kabi maxsus uskunalar talab
qilinadi. Sensorlardan olingan ma’lumotlar kompyuter tomonidan qo‘llaniladi va virtual dunyo
foydalanuvchilarga real virtual tajribani taqdim etish uchun real vaqtda javob beradi. Masalan,
virtual o‘yin maydonida maxsus virtual qurilmalardan foydalangan holda virtual muhit va
undagi qahramonlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin.