3-DARS
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
229
Virtual voqelikning turli sohalarda qo‘llanilishi
VR texnologiyalar faqat o‘yin sohasidagina emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash,
sanoat
dizayni, ilmiy tadqiqotlar, sport turlari va ko‘ngilochar sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin.
Ta’lim sohasida
VR o‘quvchilarning bilim olish uslubini o‘zgartiradi. Sinf
xonalarida VRdan foydalanish o‘quvchilarga bilimlarni
yaxshiroq o‘zlashtirish va qiyin tushunchalarni tasavvur
qilish orqali o‘rganishga yordam beradi.
Tibbiyot sohasi
VRlar tibbiyot sohasida virtual ravishda operatsiya
jarayonlarini o‘tkazish va u
orqali jarayondagi xato va
kamchiliklarni aniqlash, tahlil qilish imkoniyatlarini beradi.
Sanoat dizayni
VR mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqishni amalga
oshirishning turli dasturlariga ega. VR dizaynerlar
xaridorlarga mahsulotlarni ishlab chiqarishdan oldin ular
virtual ko‘rinishini taqdim etadi. VRlar sanoat dizaynida
mahsulot dizaynini takomillashtirish, loyihalashning
dastlabki bosqichida mijozlarning
fikrlarini inobatga olish
imkonini beradi.
Ilmiy tadqiqotlar
Ilgari mikroskoplar yordamida mikro darajadagi struktura
tahlili o‘tkazilar edi. Hozirda
esa VR texnologiyasi
yordamida tadqiqotchilar VR-shlem yordamida mikro
tuzilmalarni tahlil qilishi mumkin.
Sport
Sportchilar doimo o‘zlarining kuchsiz tomonlari bilan
ishlashni xohlashadi. VR simulyatorlari sportchilarni
tayyorlash uchun ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan
turli xil ssenariylarni taqdim etadi.