I V BOB.
AR – TO‘LDIRILGAN VOQELIK TEXNOLOGIYASI
234
To‘ldirilgan voqelikning bu turi haqiqiy obyektga
(yoki uning to‘liq takrorlangan tasviriga)
grafik
qo‘shimchalarning ustma-ust joylashishini nazarda
tutadi. Bu esa haqiqiy obyektga to‘ldirilgan ko‘rinish
beradi.
Shuningdek, ilova orqali tabiiy muhitga
obyektlarni qo‘yish, ular joylashuvini o‘zgartirish mumkin.
Texnologiyalarning obyektlarni tanib olish qobiliyati
ustma-ust joylashtirilgan ARni bajarishda juda muhim rol o‘ynaydi.
AR dasturiy ta’minoti o‘z ishini bajarish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plashda AR
qurilmalariga, xususan, kamera, GPS, raqamli kompas va akselerometrga tayanadi. ARni
yaratishda GPS funksiyalarining kombinatsiyasidan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:
diqqatga sazovor joylar to‘g‘risida turistik ma’lumotlarni qo‘shish, do‘kon,
mehmonxona va
restoranlar joylashgan joylarni belgilash, haydash marshrutlarini real rejimda ko‘rish va b.
Proyeksiyaga asoslangan AR boshqa to‘ldirilgan
voqelik
turlaridan biroz farq qiladi. Ya’ni kontentni namoyish
qilish uchun unga mobil qurilma kerak emas.
Nomidan
ko‘rinib turibdiki, proyeksiyaga asoslangan AR turi
tasvirni ekran yoki turli fizik yuzalarda namoyish qilish
uchun videoproyektorni ishlatadi.
Ushbu AR turi asosida
virtual tasvirlar proyeksiyasi uchun real obyektlardan
foydalaniladi. Odatda, undan sanoatda mahsulotlarni vizualizatsiya qilishda foydalaniladi.
AR dasturlari endi faqat ko‘ngil ochish sohasi bilan cheklanmaydi. Bu texnologiya chuqur
biznes, ilmiy va tadqiqot maqsadlariga xizmat qiladi. Quyida imperiv
AR tajribalarini yaratish
uchun ishlatiladigan asosiy texnika va vositalar haqida ba’zi tafsilotlar bilan tanishamiz.
Proyeksiya
– obyektlarni ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlovchi AR xususiyati. To‘ldirilgan
voqelik elementlari boshqariladigan proyektor-kamera tizimlaridan foydalangan holda
obyektlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri fazoviy AR vositalari orqali proyeksiyalaydi. Proyeksion AR tizimlari
to‘ldirilgan voqelik sohasidagi eng zamonaviy texnologiyalardir, chunki ular to‘ldirilgan voqelik
elementlarini namoyish qilish orqali foydalanuvchilar bevosita proyeksiyadan bahramand
bo‘lishi uchun AR ilovalarni taklif qiladi.