4-DARS
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
29
Foydali ma’lumot
Ochiladigan ro‘yxat yaratish
Ochiladigan ro‘yxat “jinsi”, “sinfi” yoki “lavozimi” nomli maydonlarni ma’lumot bilan to‘ldirishda
qo‘l keladi. Ro‘yxat “Конструктор” rejimidagi maydon ma’lumot
turini tanlash vaqtida
yaratiladi. Bunda jadvalga ma’lumot yozilmaydi, balki ro‘yxatdan tanlanadi.
Uni quyidagicha
yaratish mumkin:
•
1) birorta jadval tanlanadi va “Конструктор” rejimiga o‘tiladi;
•
2) ochiladigan ro‘yxat yaratish lozim bo‘lgan maydon (“jinsi”) tanlanadi va ma’lumot turi
o‘rnatiladi. Deylik, “Короткий текст” tanlansin
(1);
•
3) “Мастер подстановок”
tanlanadi
(2);
•
4) “Будет введен фиксированный набор значений” oldidagi aylana tanlanadi
(3);
•
5) “Далее”
tugmachasi bosiladi
(4);
•
6) har bir qatorga qiymat kiritiladi. “jinsi” maydoni ikki xil qiymatni qabul qilishi mumkin.
“Erkak” va “Ayol”
(5);
•
7) “Готово” tugmachasi bosiladi
(6);
•
8) Natijani ko‘rish uchun “Режим таблицы”
tanlanadi;
•
9) ma’lumot kiritish uchun “jinsi” maydoniga bosiladi. Natijada, ro‘yxat paydo bo‘ladi. U
yerdan mos qatorni tanlash bilan
yozishni tugatish mumkin