I BOB.
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
28
Jadvaldagi ortiqcha yozuv (qator)larni o‘chirish ham xuddi maydonlarni o‘chirish kabi
amalga oshiriladi. Bazadagi har bir jadvalga e’tiborli bo‘ling. Undagi maydonlar tuzilishi va
ma’lumotlarning tartibli saqlanishi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishi lozim.
1. MS Access dasturida jadvallar qanday rejimlar yordamida yaratiladi?
2. “Коструктор” rejimi bilan jadval rejimining qanday farqi bor?
3. Jadvalga maydon kiritish bo‘yicha qanday ma’lumot turlaridan foydalanishni
o‘rgandingiz?
4. Jadval ma’lumotlarini tahrirlash jarayonini tushuntirib bering.
5. Jadval ortiqcha ustunlari qanday o‘chirilishini tushuntiring.
1. Maktab kutubxonasi bazasidagi “Qaydnoma” nomli jadvalni ma’lumotlar bilan
to‘ldiring.
2. “Kutubxona xodimlari” nomli jadvalga kerakli ma’lumotlarni kiriting.
3. Jadvallarni bir-biriga qanday bog‘lash haqida izoh bering.
4. MS Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratishga yordam beruvchi Internet
materiallari bilan tanishing.