|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 236/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
306
63-DARS. KOMPYUTER JINOYATLARI VA
KIBERXAVFSIZLIK
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Kompyuter jinoyatlari
(kiberjinoyat) – kompyuter qurilmalari yoki tarmoq yordamida
amalga oshirilgan, kompyuter tizimi yoki tarmoqqa qarshi sodir etilishi mumkin bо‘lgan
har qanday jinoiy faoliyat.
Kiberxavfsizlik
– xakerlarning veb-resurs, tarmoq va dasturiy ta’minotdagi jinoiy
harakatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Kiberhujum
–
suhbatdoshga tajovuzkor, qo‘rqituvchi mazmunda xabar yuborish.
Xakеr
(ingl.
Hack
) – yorib tashlash, chopish, buzish.
Bugungi kunda zamonaviy raqamli texnologiyalar insonlar uchun bir qator qulaylik va
imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga kompyuter va axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash
muammosini ham keltirib chiqarmoqda.
Hayotda shunday jinoyatlar ham borki, u odatiy jinoyatdan butunlay farq qilib, bunday jinoyatni
juda aqlli va ayyor kimsalar, ya’ni kiberjinoyatchilar amalga oshiradi. Kiberjinoyatchi–
axborot
tizimlariga ruxsatsiz kirish uchun zararli dasturlarni ishlab chiquvchi tajovuzkor, kuchli bilimga
ega IT mutaxassisi. Ularni faoliyati bо‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
xaker – virus (kiber о‘g‘ri)larni yaratuvchi;
Pen tester – saytni buzuvchi (Vebxacker);
Kracker – dasturiy ta’minot va о‘yinlarni buzuvchi;
Shellcoders&Reverser – butunjahon professional xakerlari.
Kiberjinoyatlar raqamli texnologiyalar yordamida virtual makon (kiberfazo)da odamlarni
qo‘rqitish; virus, zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish; elektron
xatlarni ommaviy tarqatish; xakerlik hujumi; veb-saytlarga noqonuniy kirish; firibgarlik;
ma’lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish; kredit karta va bank rekvizitlarini o‘g‘irlash
kabi huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
|
| |