I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
309
har gal sizning Internet tarmog‘ingizdan foydalanadi.
“Shaxs” o‘g‘irlanishi
"Shaxs o‘g‘irlanishi" – kimdir o‘zini sizning “o‘rningiz”ga qo‘yib olishi, ya’ni tarmoqlarda
“siz” bo‘lib harakat qilishi. Boshqacha aytganda, begona shaxslar sizning shaxsiy
ma’lumotlaringizdan foydalanib, o‘zini “siz qilib” ko‘rsatadi. Bu ma’lumotlar o‘g‘irlanishiga
juda o‘xshaydi. Bunda jinoyatchi noqonuniy ravishda sizning to‘liq ism-familiyangiz, bank
rekvizitlaringiz, tug‘ilgan sanangiz, parollaringiz, elektron pochta manzilingiz va bank kartangiz
haqida ma’lumotlarni oladi va ulardan foydalanib, telefon yoki bank hisob-raqamingizga kirish,
pullaringizni o‘g‘irlash, ma’lumotlaringizni boshqalarga sotish kabi jinoyatlarni sodir etadi.
Internet orqali sodir etiladigan ayrim firibgarlik usullari va ulardan himoyalanish yo‘llari
1. Yordam so‘rash.
Ijtimoiy tarmoq yoki veb-saytlarga yordam so‘rab e‘lon beriladi va
unda pul o‘tkazish uchun bank kartalari yoki uning raqami joylashtiriladi. Ko‘pincha, e‘londa
haqiqiy muhtoj insonlarga tegishli ma’lumotlar joylansa, pul o‘tkazish uchun esa firibgarga
tegishli bank rekvizitlari taqdim etiladi.
Himoyalanish yo‘li.
Pul o‘tkazmasdan avval muallifga
qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma’lumot olishga harakat qiling.