|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 241/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
310
yashovchi odamlar bilan “ishlaydi”. Tarmoqqa joylashtirilgan reklamalar orqali tanishish
boshlanadi. Bu firibgarlik uchun taxminan 2–3 oy talab etiladi. "Jabrlanuvchi" ishonchini
qozongan firibgar moliyaviy muammolarini gapiradi va udan yordam so‘raydi. Firibgar
ko‘zlangan pulni olishi bilan g‘oyib bo‘ladi va u bilan qayta bog‘lanib bo‘lmaydi.
Himoyalanish
yo‘li.
Bunday insonlar bilan tanishmang, yangi “tanishlarga” pul o‘tkazmang va ular bilan aslo
uchrashmang.
AMALIY MASHG‘ULOT
№
Topshiriqlar
1.
Kafe, restoran yoki boshqa jamoat joylarida bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanish qanchalik
xavfli?
2.
Bank xodimi sizga qo‘ng‘iroq qildi va o‘zini tanishtirdi. Sizga pul o‘tkazish uchun karta
raqami, amal qilish muddati va parolingizni aytib yuborishingiz kerakligini aytdi. Siz
bunday vaziyatda nima qilgan bo‘lar edingiz?
4.
Berilgan matnni “FSMU” texnologiyasi bo‘yicha tahlil qiling va jadvalni to‘ldiring.
Fikr:
Hozirgi kiberjinoyatlar avj olgan vaqtda yoshlar Internetdan onlayn
o‘yinlarni o‘ynash havfli ekanligini bilmaydi va o‘yinda ishtirok etish
uchun ota-onasi yoki yaqinlariga tegishli bank karta raqamlaridan
foydalanadi.
Sabab
Misol
Umumlastirish
1.
Shaxsiy hayotga tajovuz qilish bilan bog‘liq kiberjinoyatlarga misollar keltiring.
2.
Internet-do‘konlar orqali savdo qilishda qanday xavflar mavjud? Bu xavflardan
qanday himoyalanish mumkin?
3. Raqamli qurilmalardagi tahdid va xavflardan o‘zingizni himoya qilishning uchta
usulini ayting.
4. Tasavvur qiling, Siz kiberjinoyatchining hujumiga uchradingiz, ya’ni u sizdan katta
miqdorda pul talab qilmoqda. Bunday vaziyatda siz qanday yo‘l tutasiz?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Kibermobbing, kiberbilling va kiberterrorizm tushunchalarini izohlang.
2.
Kiberfiribgarlar Internetda qanday sxema bo‘yicha ish olib boradi? Misollar
keltiring.
3. Kiberxavfsizlik bilan bog‘liq so‘zlar ishtirok etgan boshqotirma (krossvord) tuzing.
|
| |