I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
318
65-dars. ELEKTRON HUKUMAT VA MILLIY
AXBOROT RESURSLARI
1. Elektron hukumat nima? U bizga nima uchun kerak?
2. Tugilganlik haqidagi guvohnomani “Yagona portal” xizmatlari orqali qanday olish mum-
kin?
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Elektron hukumat
– davlat organlari tomonidan fuqarolarga axborot va xizmatlarni
yetkazib berish uchun Internetdan foydalanish.
Elektron davlat xizmati
– axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda
ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Yagona portal
– O‘zbekiston Respublikasi Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining
qisqartirilgan nomi.
Hozirgi vaqtda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi о‘zaro
munosabatlar axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) vositasida amalga oshirilmoqda. Jumladan,
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Portali (https://gov.uz/uz) ning ishga
tushirilishi mamlakatni raqamlashtirish yo‘lidagi ilk qadamlardan bo‘ldi.
Raqamli texnologiyalarga
asoslangan davlat xizmatlari, eng avvalo, jamiyatning
barcha qatlami (pensioner, ishchi,
ishbilarmon, davlat xizmatchisi va boshqalar) va davlat
xizmatchilari o‘rtasidagi “masofa”ning kamaytirilishi,
shuningdek, davlat hokimiyati organlari
tomonidan aholiga mahalliy talablarga mos barqaror va arzon narxlarda ochiq,
shaffof va
sifatli xizmat ko‘rsatilishiga olib keldi.
“Elektron hukumat” to‘g‘risidagi
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi tomonidan 2015-yilning
18-noyabrida qabul qilingan hamda
Senat tomonidan 2015-yilning
3-dekabrida ma’qullangan. Qonun
5ta bob, 34 ta moddadan iborat.