|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 255/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
328
1-amaliy topshiriq.
Veb-brauzer orqali https://payme.uz
saytiga kiring. “To‘lovlar” sahifasiga o‘ting va
quyidagi jadvalni to‘ldiring:
tijoratni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, chunki u shaxsga naqd pul yoki bank kartalarini olib
yurmaslik imkonini beradi. To‘lov uchun zarur barcha ma’lumotlar to‘lov ilovasi ichidan joy
olgan.
Elektron tо‘lov tizimi
– bu Internet orqali amalga oshiriladigan tо‘lovlar tizimidir. Uning asosiy
vazifasi tо‘lovlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Bunday tizimdan foydalanish uchun pul
mablag‘larini yuboruvchi hamda qabul qiluvchi muayyan tizimda rо‘yxatdan о‘tgan bо‘lishlari
kerak. Onlayn-tо‘lovlar naqd pul ishlatmasdan Internetda yoki mobil ilova orqali mahsulot yoki
xizmatlar uchun tо‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu operatsiyalar bank kartalari
yoki hisob-varaqlarni veb-sayt (yoki mobil tо‘lov ilovasi)ga ulagan holda amalga oshiriladi.
Tо‘lovlarni elektron pul yordamida ham amalga oshirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida
Click, OSON, Payme, PAYMO, PAYBOX, UPAY, EcoPay, Paysys,
alif.mobi, WOOPPAY, QR-pay, Myuzcard, GlobalPay, ATTO, MARTA, WEBSUM, ZPLAT
kabi
elektron to‘lov tizimlari mavjud. Elektron to‘lov tizimida tovar/xizmatlar to‘lovi xaridorning
elektron hisobidan sotuvchining elektron hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Internet-do‘kon
(ingl.
online shop
yoki
e-shop
) – Internet orqali tovar sotuvchi
sayt. Internet-do‘kon foydalanuvchilarga
Internetda, o‘z brauzerida yoki mobil ilova
orqali xarid buyurtmasini tuzish, to‘lov usulini
tanlash va buyurtmani yetkazib berish,
buyurtma uchun to‘lash imkonini beradi.
|
| |