• I BOB. MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA 330 67-dars. BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI
  • Bitcoin (bitkoin)
  • Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet257/265
    Sana19.05.2024
    Hajmi49,29 Mb.
    #244032
    1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

    Savdo turlari
    Afzallaiklari
    Kamchiliklari
    Elektron tijorat
    An’anaviy savdo
    Mahsulot turlari
    Internet-do‘kon nomlari
    Oziq-ovqat savdosi
    Kiyim-kechak savdosi
    Texnika savdosi


    I BOB. 
    MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
    330
    67-dars. BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI
    Satoshi Nakamoto, 
    bitcoin asoschisi
    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Blokchain 
    – muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan va axborotni o‘z 
    ichiga olgan bloklar uzluksiz ketma-ket zanjiri. Blok zanjirlarining 
    nusxalari mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi.
    Bitcoin (bitkoin) 
    atamasi inglizcha 
    bit
    – ikkilik sanoq tizimidagi 
    informatsiya birligi va 
    coin
    – tanga so‘zlarining qisqartmasidan 
    iborat.
    Tranzaksiya
    (ingl. 
    transaction
    ) – blockcheynda ma’lumotlarni 
    saqlash operatsiyasi.
    Blokcheyn texnologiyasi butun dunyoda ommalashib bormoqda. Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda 
    paydo bo‘lgan texnologiyalardan biridir. Bu texnologiya bugungi kunda eng xavfsiz, qulay va 
    ishonchli texnologiya hisoblanadi. Blokcheyn atamasi birinchi marta 1991-yilda tadqiqotchilar 
    guruhi tomonidan tasvirlangan va dastlab raqamli hujjatlarni belgilash uchun mo‘ljallangan 
    ma’lumotni o‘z ichiga olgan.
    Hozirda sog‘liqni saqlash tizimi, FXDY, turizm, elektron tijorat va moliya, bank to‘lov tizimlari, 
    soliq tizimi, yer resurslarini ro‘yxatga oluvchi kadastr tizimi kabi bir qancha sohalarda 
    blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda. Shaffoflik ta’minlanishi muhim bo‘lgan 
    sohalarda blokchain texnologiyasidan foydalanish yuqori samara beradi.
    Blockcheyn atamasi ikkita elementdan iborat: inglizcha 
    block
    – blok va 
    chain – 
    zanjir. 
    Blok
     
    kriptografik shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘lsa, blokchain
     
    ketma-ket ulangan 
    zanjir ko‘rinishidagi bloklar ro‘yxati yoki bloklarga taqsimlangan ma’lumotlar bazasi 
    hisoblanadi. Bloklar zanjiri kriptografiya, raqamli imzo va xesh funksiyalar yordamida 
    shakllantirilgan strukturaga ega. Zanjirning har bir bloki o‘zida undan avvalgi blok haqidagi 
    ma’lumotni saqlaydi. Tranzaksiya natijasida zanjirdagi bloklar ko‘payib boradi, ya’ni mavjud 
    bloklar zanjiriga yangi blok qo‘shilib boradi. Blokchain texnologiyasi asosida saqlanadigan 
    ma’lumotlar xavfsiz va shaffof bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bazasidan blokni o‘chirish yoki 
    almashtirish mumkin emas. 
    Demak, blokcheyn bilan batafsilroq tanishamiz. 
    Tasavvur qiling, Hamid va Umar – boshqa-boshqa davlatlarda yashaydigan biznes hamkorlar. 
    Hamid Umarga 2000$ miqdoridagi pulni jo‘natishi lozim. Pul o‘tkazmasini amalga oshirish 
    uchun “Western Union”, “Contact”, “Unistream”, “Moneygram” kabi tizimlar yoki biror bank 
    kabi 3-ishonchli tomon kerak. Hamid o‘zi yashab turgan shahardagi 3-tomon bo‘linmasiga 



    Download 49,29 Mb.
    1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   265




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021

    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish