|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 258/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
331
borib, pulni qayerga va kimga o‘tkazilishi kerakligini aytadi va pulni beradi. Hamid bu haqda
Umarga ham xabar beradi. Umar ham o‘zi yashab turgan shahardagi 3-tomon bo‘linmasiga
boradi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yordamida pulni oladi. Ishonchli tomon bu pulni
o‘tkazib berganligi uchun o‘z xizmat haqi (masalan, 5$)ni oladi. Ushbu pul o‘tkazmasi
bajarilishi 3-tomonga bog‘liq va uning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Agar pul o‘tkazish
bank orqali amalga oshirilsa, taxminan 3–4 kun, pul o‘tkazish tizim (masalan, Western
Union)lari orqali o‘tkazilsa, ancha tez amalga oshiriladi. Pul o‘tkazish ba’zi davlatlarda 15–20
daqiqada, ayrimlarida esa 24–72 soatda amalga oshirilishi mumkin.
Blokchain yuqoridagi vaziyat uchun quyidagilarni hal qilishda yordam beradi:
– pul o‘tkazmasini to‘g‘ridan to‘g‘ri (3-tomon ishtirokisiz) amalga oshirish;
–pul o‘tkazmasini tezroq, o‘sha vaqtning o‘zida onlayn tarzda bajarish;
–pul o‘tkazmasi uchun olinadigan xizmat haqini kamaytirish.
Endi blokcheyn yuqoridagi holatlar uchun qanday ishlashi ko‘rib
chiqamiz.
Buxgalteriya sohasida kirim-chiqimlarni qayd etish va kirim-
chiqimlar balansini me’yorda ushlab turish uchun
hisob-kitob
daftari
dan foydalaniladi.
Blokcheynda ham amalga oshirilgan tranzaksiyalarni qayd etib
borish uchun doimiy yangilanib boruvchi “ochiq daftar” qo‘llaniladi.
Bizda A
(Anvar), B (Botir), D (Davron) va E (Elbek) ismli 4 nafar foydalanuvchidan tashkil
topgan blokcheyn tarmog‘i mavjud bo‘lsin. Bu tarmoqdagi shaxslar 1-jadvalda ko‘rsatilgan
tartibda bir-birlariga (A B, B D, D E) pul o‘tkazishmoqchi.
A da 10$ pul borligi bizga 1-tranzaksiya (A=10$)ni beradi. Endi A B ga 5$ pul
o‘tkazmoqchi. Shunda, ro‘yxatga 2-tranzaksiya (A > B 5$), ya’ni A dan B ga
5$ pul o‘tkazildi, degan ma’lumot tushadi. Bu valid (haqiqiy) tranzaksiya hisoblanadi. Hosil
bo‘lgan 2-tranzaksiya 1-tranzaksiyaga qo‘shib qo‘yiladi va ular orasida zanjir hosil
bo‘ladi. Undan keyin B D ga 3$ pul o‘tkazmoqchiligi haqidagi ma’lumot (B > D 3$)
“Ochiq daftar”ga yozib qo‘yiladi. Ushbu 3-tranzaksiya ham mavjud tranzaksiyalar
A
E
D
B
A=10$
A->B 5$
B->D 3$
D->E 1$
|
| |