|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 261/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
334
Blokcheynning har bir bloki o‘zida 3
xil ma’lumotni saqlaydi:
1) blokning xesh kodi;
2) undan oldingi blokning xesh kodi;
3) tranzaksiyalar.
Quyidagi misolda 3 blokli zanjir borligini ko‘rishimiz mumkin. 1-blokdan oldin hech qanday
blok yo‘q. Shuning uchun u oldingi blokni o‘z ichiga olmaydi. 2-blokda esa 1-blok xeshi bor va
u 2AF5 ga teng. 3-blokda esa 2-blokning xeshi bor va u 6D3N ga teng.
Shunday qilib, barcha bloklar oldingi bloklarning xeshlarini o‘z ichiga oladi. Bu blokcheyn
xavfsizligini ta‘minlovchi texnika hisoblanadi. Kelinglar, u qanday ishlashini ko‘rib chiqaylik.
Masalan, tajovuzkor 2-blok
ma’lumotlarini o‘zgartirganligi uchun
2-blok xeshi ham o‘zgaradi. 3-blokda
hali ham 2-blokning eski xeshi
saqlanib qolaveradi. 2-blokning to‘g‘ri
xeshiga ega bo‘lmagan 3-blok va
undan keyingi barcha bloklar bekor
qilinadi.
Shuning uchun ham bitta blokning o‘zgarishi keyingi barcha bloklarning tez bekor qilinishiga
sabab bo‘ladi.
Rivojlanishning dastlabki bosqichida blokcheyn texnologiyasi faqat kriptovalyuta uchun
platforma sifatida ishlatilgan. Keyin moliyaviy institutlar bu texnologiyadan foydalana
boshladi. Hozirgi vaqtda blokcheyn turli tizimlarda qo‘llanilmoqda. Masalan, Stampery
elektron notariusi blokcheyn yordamida turli bitim (kelishuv)lar tasdiqlab berilmoqda.
Bundan tashqari, blockchain mualliflik huquqi va shaxsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi
qonunlar doirasida ham qo‘llaniladi. Ascribe xizmati blockcheyn yordamida rassom va ijodkor
shaxslarga o‘z muallifligini tasdiqlashda qo‘l kelmoqda. Civic (CVC) va UniquID Wallet ilovalari
biometrik himoyadan foydalanadigan odamlarga soxtalashtirish mumkin bo‘lmagan raqamli
identifikatorlarni yaratish imkonini beradi (faqat vaqt o‘tishi bilan shaxsiy guvohnomalarni
almashtirish mumkin).
|
| |