I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
82
4. Ma‘lumotlarni qabul qilish
– ma‘lumotlarni tartib asosida to‘plash,
saqlash, qayta ishlash, uzatish va tahliliy xulosalarni chiqarishga
yo‘naltirilgan SI xususiyati. Bu jarayon ko‘proq sun’iy
neyron tarmoqlari
yordamida amalga oshiriladi.
5. Chatbotlar
– audio yoki matn ko‘rinishidagi axborotlarni tahlil
qilish orqali ularga ma‘lum javob qaytarish
asosida murojaatchi
muammolarini yechishga yo‘naltirilgan SI xususiyati. Dastlab botlar
ma‘lum buyruqlargagina javob bergan. Agar noto‘g‘ri gap aytilsa,
nima nazarda tutilayotganini u tushunmagan.
Endilikda SIga
asoslangan zamonaviy chatbotlar bilan bir qancha tillarda og‘zaki
yoki yozma ravishda suhbatlashish mumkin. Ular qo‘llanish sohasiga oid savollarga to‘laqonli
javoblarni taqdim eta oladi. Masalan, IBM tomonidan SI asosida yaratilgan Watson Assistant
chatboti veb-sayt yoki turli ilovalarda ishlaydi. Chatbot foydalanuvchilar bilan inson ishtirokisiz
muloqot qiladi, ularning muammolarini o‘rganadi va turli xil yechimlarni taklif etadi. (Rasm
freepik.com dan olindi.)