12-DARS
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
83
7. Bulutli hisoblash.
SIning bulutli hisoblash xususiyati katta hajmdagi
axborotlar bilan ishlashda
ularni saqlash, masofadan boshqarish va uzatish
imkoniyatini beradi. Bulutli hisoblash sohasida Microsoft Azure,
Google
Cloude, Alibaba Cloude yetakchi provayderlar hisoblanadi. (Rasm olingan sayt:
pngrepo.com)
Hozirgacha sun’iy intellekt qo‘llanilayotgan texnologiyalar utning barcha xususiyatlarni o‘zida
jamlagani yo‘q. Ammo uning ma‘lum bir xususiyatlarini qo‘llashning o‘zi ham sohalar rivojida
natijalarning yaxshilanishi va o‘sishiga olib keldi. Bu esa sun’iy intellektni rivojlanitirishga
bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi.
1. Sun’iy intellektni davlat boshqaruvi sohasida qo‘llash mumkinmi?
2. Sun’iy intellektning chuqur o‘rganish xususiyati unga qanday imkoniyatlarni taqdim
etadi?
3. Yuzni tanib olish texnologiyasi haqida fikringiz qanday?
U inson huquqlarining
buzilishiga olib kelishi mumkinmi?
4. Takrorlash algoritmi sun’iy intellektning qaysi xususiyatini izohlashi mumkin? Misollar
keltiring.
5. Internetda chatbotlarga duch kelganmisiz, agar duch kelgan bo‘lsangiz,
u sizga
qanday yordam bergan?
6. Kvant hisoblashlarni qanday tasavvur qilasiz?
7. Sun’iy intellektning barcha xususiyatlarini o‘zida jamlagan “aql” paydo bo‘lishi
mumkinmi? Fikringizni asoslang.
AMALIY FAOLIYAT