|
NAZORAT ISHI. O‘TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI Pdf ko'rish
|
bet | 89/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresNAZORAT ISHI. O‘TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI
I I BOB.
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
124
Python dasturlash tili orqali yuqoridagi kabi dasturlarni yaratish mumkin. Bundan tashqari,
Pythonda ovozlar bilan ishlovchi dasturlarni yaratishning boshqa yo‘llari ham mavjud. Buning
uchun Pythonga yangi kutubxona modullarini o‘rnatish va kutubxonalarda mavjud kodlardan
foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish lozim. Yuqorida yaratilgan ikkita dastur bevosita ovozli
ma’lumotlar bilan ishlovchi dasturlarni yaratishning bir usuli sanaladi.
1. Kompyuter mikrofoni orqali foydalanuvchi aytgan so‘zlarni matn holatiga o‘tkazuvchi
dasturni sinovdan o‘tkazing. Natijani tahlil qiling.
2. Audiofayldagi ma’lumotlarni matn holatiga o‘tkazuvchi dasturni sinovdan o‘tkazing.
Natijani tahlil qiling.
3. Internet qidiruv tizimi orqali Pythonda STT dasturini tuzishning boshqa usullari bilan
tanishib chiqing.
4. Namuna kodlarini o‘zgartirish orqali kodlarning vazifalarini tahlil qiling.
d = ("Text: " +
r.recognize_
google(audio,
language='uz-UZ'))-
Bu kod qatori orqali audioma’lumot o‘zbek tilida matn ko‘rinishiga
konvertatsiya qilinadi, natija esa “d” o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi.
a = open('matnli.txt’,
'w', encoding='utf-8')
Bu kod qatori orqali yangi matnli.txt fayli yaratildi va u “a”
o‘zgaruvchiga o‘zlashtirildi. Bu faylga biz audioma’lumotni
konvertatsiya qilish natijasida qo‘lga kiritgan matn ko‘rinishidagi
ma’lumotni yozamiz. Odatda, faylga biror ma’lumot yozish uchun
uni yaratishga open('matn.txt’, 'w') kodlar qatori yetarli hisoblanadi.
encoding=’utf-8’ kodi 0 va 1 lar yordamida kodlangan axborotni
matnli.txt faylga belgili ko‘rinishida yozilishini ta’minlaydi. Shu
sababli bu kod qatorining yozlishi shart.
a.write(d)
“d” ga o‘zlashtirilgan matnli ma’lumot “a” nomli faylni o‘zida
saqlovchi o‘zgaruvchiga yozadi. Ya’ni matnli.txt faylimizga “d” dagi
ma’lumotlar yoziladi.
a.close()
fayl bilan bog‘liq ishlar tugaganidan so‘ng uni yopish talab etiladi.
|
| |