|
-DARS
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH Pdf ko'rish
|
bet | 88/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres17-DARS
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
123
2. Audio fayldagi axborotni matn ko‘rinishiga konvertatsiya qiluvchi dasturni yaratish
jarayoni
STT dasturi nafaqat inson so‘zlash jarayonida aytilayotgan axborotni matn holatiga o‘tkazadi,
balki oldindan yozib olingan audioaxborotlarni matn holatida qayta ishlashi ham mumkin.
Python dasturlash tilida yaratiladigan STT dasturi bir nechta audioma’lumot formatlarini
qo‘llab-quvvatlaydi. Bularga misol tariqasida *.wav, *.flac, *.AIFF audiofayl kengaytmalarini
ko‘rsatish mumkin. Oldindan yozib olingan audiofayllarni matn holatiga o‘tkazish quyidagi
dastur orqali amalga oshiriladi:
Dastur sinov.flac audiofaylini matnli.txt
matn fayli ko‘rinishiga konvertatsiya qilish bilan
birgalikda matnli ma’lumotni kompilyatorning natija oynasida ham ko‘rsatadi.
import speech_recognition as stt
r = stt.Recognizer()
with stt.AudioFile('sinov.flac') as source:
audio = r.record(source)
d = ("Text: " + r.recognize_google(audio, language='uz-UZ'))
print(d)
a = open('matnli.txt’, 'w', encoding='utf-8')
s = a.write(d)
a.close()
Kod tahlili
Dastur kodi:
Vazifasi:
with stt.
AudioFile('sinov.flac')
as source
Audio axborotni matn ko‘rinishiga konvertatsiya qilish uchun
ochish va uni source o‘zgaruvchisiga o‘zlashtirish. Bu yerda sinov.
flac audioaxborot chaqirilmoqda.
audio =
r.record(source)
fayldan audioma’lumotni ajratgan holda yangi audioo‘zgaruvchiga
o‘zlashtirish.
print(d)
print, ya’ni chop etish buyrug‘i yordamida konvertatsiya qilish
natijasida qo‘lga kiritilgan matnli axborotni kompilyator natijalar
oynasida ko‘rsatish.
|
| |