|
-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI Pdf ko'rish
|
bet | 97/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
133
Jadvalda PAN/WPANning afzallik va kamchiliklari keltirilgan:
Afzalliklari
Kamchiliklari
– WPAN qo‘shimcha sim yoki joy talab qilmaydi.
Ikkita qurilma, masalan, simsiz sichqoncha va
noutbukni ulash uchun faqat Bluetooth kerak;
– PAN/WPANni ishlatish oson va hech qanday
murakkab sozlash talab qilinmaydi;
– qurilmalarni osongina ko‘chirish mumkin, chunki
ular sim orqali ulanmagan;
– tarmoq o‘n metr masofada joylashgan
qurilmalar uchun ishonchli va barqaror;
– tarmoqdagi fayl va ma’lumotlarga faqat vakolatli
shaxslargina kirishi mumkin;
– qurilmalarni sinxronlashtirish, ma’lumotlarni
yuklab olish, yuborish yoki qurilmalar orasida
almashish mumkin.
– WPANda 10 metrli cheklov mavjud
bo‘lganligi sababli uzoq masofadan
turib ma’lumot va axborot almashish
qiyinlashadi;
– PAN/WPAN noutbuk, smartfon,
aqlli soat kabi qimmatli raqamli
qurilmalardan foydalanadi;
– LAN kabi boshqa tarmoqlarga
nisbatan Bluetoothdan fayllarni uzatish
tezligi past;
– ba’zan WPAN raqamli qurilmalarda
inson miyasi va tanasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatish ehtimoli mavjud mikroto‘lqinli
signallardan foydalanadi.
WLAN
(Wireless LAN – simsiz lokal tarmoq) LAN bilan bir xil, faqat u smartfon, noutbuk,
planshet kabi simsiz qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan. U xonasi, bino qavati,
maktab, kompyuter laboratoriyasi,
talabalar shaharchasi, ofis binosi
kabi kichik geografik hududlarni
qamrab oladigan, simsiz aloqadan
foydalangan holda ikki yoki undan
ortiq qurilmani bog‘laydigan simsiz
kompyuter tarmog‘idir.
Jadvalda LAN/WLANning afzallik va
kamchiliklari keltirilgan:
|
| |