I I I BOB.
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
130
Tarmoqning asosiy maqsadlaridan biri ma’lumot almashishdir. Tarmoqlar ma’lumot
almashish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ular bundan ham ko‘proq imkoniyatlarga ega.
Kompyuter tarmog‘i
axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarning
birgalikda
ishlashini tashkil etish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish
imkoniyatlarini beradi. Ta’kidlash joizki, maktab yoki ofis tarmog‘ining
yaratilishi quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
1) tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning Internetga kira olishi (ayrim mamlakatlarda
Internet qimmat bo‘lganligi sababli tarmoq tashkil etish hamda foydalanuvchilar o‘rtasida
undan birgalikda foydalanish natijasida narx arzonroq bo‘lishi
va Internetga kirish
imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar endi unga kira olishi mumkin);
2) umumiy fayllarga kirishni ta’minlash (aksariyat ofislarda markaziy kompyuter yoki server
o‘zida
umumiy fayllarni saqlaydi, bu fayllarga kirishni istagan har bir foydalanuvchi server
orqali ularga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi);
3) printer va skaner kabi qo‘shimcha qurilmalardan birgalikda foydalanish (ko‘plab
foydala-
nuvchilarga bitta printer yoki skanerdan foydalanish imkoniyatining yaratilishi).
Bugungi kunda Wi-Fi yoki Bluetooth orqali o‘zaro ulangan qurilmalar (mobil telefon, planshet
va h. k.) tarmog‘idan tortib dunyo bo‘yicha millionlab kompyuterlarni bog‘lab
turuvchi turli xil
kompyuter tarmoqlari mavjud. Ulardan ayrimlari simsiz, ayrimlari esa simlar orqali ulanadi.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashuvi hamda ma’lumotlarni
uzatish tezligiga
ko‘ra, bir necha turga ajratish mumkin:
• HAN (Home Area Network – uy hududi tarmog‘i);
• PAN/WPAN (Personal Area Network – shaxsiy tarmoq);
• LAN/WLAN (Local Area Network – mahalliy tarmoq);
Simli tarmoqda qurilmalar о‘rtasida ma’lumot almashuv kabel (sim) orqali amalga
oshiriladi.
Simsiz tarmoqda qurilmalar bir-biri bilan kabel (sim)
orqali emas, balki radio yoki
mikroto‘lqinlar orqali bog‘lanadi.