|
-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI Pdf ko'rish
|
bet | 99/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres19-DARS
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
135
WAN
(Wide Area Network – mintaqaviy tarmoq) – keng masshtabli maxsus qurilma
va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq. Tarmoq
mamlakat, shahar va viloyatlar darajasidagi kompyuterlarni hamda lokal tarmoqlarni maxsus
aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lashi mumkin.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) o‘ta
quvvatli serverlar mavjud bo‘lib, axborot serverlar o‘rtasida optik tolali aloqa kabeli yoki sun’iy
yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
WWAN
(Wireless Wide Area Network – simsiz mintaqaviy tarmoq) – simsiz keng masshtabli
tarmoq. Tarmoq lokal tarmoqdan farqli ravishda axborot uzatishda mobil aloqalar simsiz
texnologiyalarining barchasini qo‘llaydi. WWAN foydalanuvchiga noutbuk hamda WWAN
adapteri yordamida butun jahon o‘rgimchak to‘ri va elektron pochtasidan foydalanish, simsiz
aloqa orqali ulangan turli mintaqa ixtiyoriy nuqtasidagi tarmoq virtual qismi (VPN)ga ulanish
imkoniyatini beradi.
GAN
(Global Area Network – global mintaqaviy tarmoq) – cheksiz geografik hududni qamrab
oluvchi, turli xil o‘zaro bog‘liq tarmoqlardan tashkil topgan tarmoq. Global tarmoq atamasi
Internet atamasining sinonimidir. U sun’iy yo‘ldosh yoki magistral (dengiz osti kabellari) orqali
amalga oshiriladigan WAN tarmog‘i hisoblanadi.
Internet dunyodagi eng katta tarmoq hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, unga hech
kim egalik qilmaydi, shu bilan birga, unga kо‘pchilik egalik qiladi.
Agar Internetni bir butun deb hisoblaydigan bo‘lsak, unga hech kim egalik qila olmaydi.
Agar uning kichik qismlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, u holda qismlar
har birining egasi mavjud. Mana shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, ko‘plab odamlar
va tashkilotlar Internetga egalik qiladi, deb aytish mumkin.
polosali ulanish imkoniyatini beradi. Tarmoqda ma’lumotlar 50 km masofali radiusgacha
uzatilishi mumkin. WMAN tarmog‘i xususiy va ommaviy tarmoq (kabel televideniyesi) bo‘lib,
ma’lumotlarni uzatish tezligi 50 Mb/s dan ziyodni tashkil etadi.
|
| |