|
I I I BOB.
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI Pdf ko'rish
|
bet | 98/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI I I BOB.
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
134
Afzalliklari
Kamchiliklari
– tarmoqqa ulangan qurilmalar dasturiy
ta’minot (va litsenziyalar), fayl va apparatlar bilan
hamkorlikda oson ishlashi mumkin;
– fayllar va boshqa ma’lumotlarni tarmoq ichida
tezlik bilan almashish mumkin, ularni Internetdan
yuklash yoki elektron pochta orqali yuborish talab
etilmaydi;
– tarmoqlar markazlashtirilgan tarzda
boshqarilishi mumkin. Bunday holat o‘zgarishlarni
amalga oshirish, foydalanuvchilarni kuzatish,
dasturiy ta’minotni yangilash, apparat va dasturiy
ta’minot bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
hamda resurslarni saqlashni osonlashtiradi.
– tarmoq yaratish uchun dastlabki
o‘rnatish xarajatlari maktab yoki ofis
sharoitida katta bo‘lishi mumkin,
chunki kompyuterlar soni uchun yetarli
resurslarga ega ekanligiga ishonch
hosil qilish kerak;
– maxfiylik va ma’lumotlar buzilishi
xavfi mavjud. Tarmoq administratori har
bir foydalanuvchi tomonidan yaratilgan
barcha fayllarga kirish huquqiga ega
bo‘lishi mumkin;
– agar tarmoq to‘g‘ri himoyalanmagan
bo‘lsa, bitta virusli kompyuter butun
tarmoqqa zarar yetkazishi mumkin.
MAN
(Metropolitan Area Network – kengaytirilgan
tarmoq) – katta tezlikda (100 Mbit/s) katta
radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatish
imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq. U bir-
biridan uzoq masofalarda joylashgan, lekin birorta
yaxlit hududga mansub abonentlar orasida aloqani
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Qurilmalar
o‘rtasidagi aloqalar uchun kabellar qo‘llaniladi.
Tarmoq o‘z ichiga bir nechta oddiy lokal tarmoqni
birlashtirishi mumkin. Undan turli shahar yoki
davlat boshqaruv xizmatlari foydalanadi. Bunga
avtomobillar tizimi yoki turli ijtimoiy tizimlarni
boshqarishni misol keltirish mumkin.
WMAN
(Wireless Metropolitan Area Networks –
simsiz kengaytirilgan tarmoq) – bir-biridan uzoq
masofalarda joylashgan, lekin birorta yaxlit hududga
mansub abonentlar orasida aloqani amalga oshirish
uchun xizmat qiluvchi simsiz kengaytirilgan tarmoq
(taxminan bitta shahar doirasidagi hududga
xizmat qiluvchi tarmoq). Radiokanal orqali keng
|
| |