"Экономика и социум" №10(101)-2 2022 www.iupr.ru




Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi2.8 Mb.
#51128
1   2   3   4   5
Bog'liq
o-zbekiston-respublikasida-avtomobilsozlik-sanoati-va-biznesini-rivojlanish-tendensiyalari
Aseptika - Vikipediya, Motivation latter, Diplom ishi, Termiz Davlat Universiteti, 2095363, 2-Mavzu Mobil, 200-ta test O\'T, farmatsevtik texnologiya , Normurodova Muhlisa Kurs ishi
"Экономика и социум" №10(101)-2 2022 www.iupr.ru
 
163 
tarmoqlardan biri sifatida shakllandi. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga 
oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq, ushbu sohalarning ulushi 2010 yilda 
umumiy sanoat mahsulotlari hajmining 60,5 foizini va 2020 yilga kelib esa 62,9 
foizga etganligini e’tirof qilishimiz mumkin. 
Haqiqatan ham, respublikamiz sanoatining rivojlanishida avtomobilsozlik 
sohasi alohida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli sohalardan biri 
hisoblanadi. Hususan, avtomobilsozlik biznesi ichki bozorda aholining 
avtomobillarga bo‘lgan talabini qondirish, mamlakatdan valyuta chiqib ketish 
oqimini kamaytirish hamda eksport orqali davlatga valyuta tushumini oshirish 
asosida to‘lov balansining ijobiy saldosini ta’minlashda sezilarli ulushga egadir. 
Shuningdek, sohaning rivoji aholi bandligini ta’minlash, real daromadlarini 
oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga hizmat qiladi [2]. 
Bundan tashqari kapital talab va bilimtalab soha sifatida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi [3]. Avtomobilsozlik sohasiga muttasil 
qiziqish hamda uning insoniyat hayot tarziga sezilarli ta’siri ko‘plab 
tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topgan. 
Avtomobilsozlikni shakllantirish va rivojlantirishning qator yo‘nalish va 
usullari mavjud bo‘lib, ulardan jahon amaliyotida keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
Biz bevositda O‘zbekiston avtomobilsozligi tahliliga o‘tishda oldin avtomobil 
sanoatini shakllantirishda qo‘llanilayotgan yo‘nalish va usullarga qisqacha ta’rif 
berib o‘tishni joiz topdik. CKD (completely knocked down), ya’ni to‘liq 
demontaj qilingan mashina to‘plamini yig‘ish usuli, bunda mahsulot qismlar 
shaklida yetkazib beriladi va manzilda yig‘ilishini bildiradi. Ushbu termin 
avtomobil sanoatidan kelib chiqqan bo‘lib, turli komponentlar dunyo bo‘ylab 
yetkazib beriladi va import qilingan davlatda yig‘iladi. 
CKD usulidan tashqari (semi knocked-down), ya’ni yarim demontaj 
qilingan mashina to‘plamini yig‘ish usulidan foydlanilib kelinmoqda. 
Ushbu usul uzoq vaqtdan beri dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu 
jumladan MDH mamlakatlarida qo‘llaniladi. SKD usulida avtombillar yig‘ish 
zavodiga shartli ravishda g‘ildiraksiz, rul va eshiklarsiz yetkazib beriladi. 
Bevosita O‘zbekistonda avtomobil sanoati rivojining keyingi yillardagi 
rivojlanish tendensiyalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2010-2020 yillarda 
sanoatda avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab chiqarish 
ulushi 10 – 14 foiz atrofida tebranganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin (1-
rasm). 

Download 2.8 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №10(101)-2 2022 www.iupr.ru

Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish