• Internet orqali elektron pul otkazmalarni xavfsiz otkazishni taminlash Toshkent-2023 Bajardi: Y Ilmiy rahbar
  • Xulosa ……………………………………………………………...................... ....... 3 8 Foydalanilgan adabiyotlar ………….............…………………………………..
  • Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana04.01.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #130238
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kriptografik algoritmlar elektron pul



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
    «Kiberxavfsizlik va kriminalistika» kafеdrasi
    INDIVIDUAL LOYIHA
    Mavzu: Kriptografik algaritmlardan foydalangan holda
    Internet orqali elektron pul o'tkazmalarni xavfsiz o'tkazishni
    taminlash
    Toshkent-2023
    Bajardi: Y
    Ilmiy rahbar:Turdibekov Baxtiyor


    MUNDARIJA
    Kirish…………………………………………………………………………..
    3
    1
    .
    Nazariy qism: Kriptografik algaritm………………………….
    7
    • Kriptogarifik algaritmlar ……………….

    Simetrik kriptografif alogaritimlar .………………...
    7
    9

    Blokli kiriptagrafik shifirlash algaritmlari .....………..........
    20

    Malumotlarni shifirlash uchun algaritmlar ..………………… 24
    2
    .
    Asosiy qism: Internet orqali elektron pul
    otkazmalar.………....................……
    2
    7
    2.1 Internet orqali kartadan kartaga pul o'tkazma……………… 27
    2.2 Internet orqali to'lov tizimlari va ularning asosiy
    turlari.……..
    31
    Xulosa ……………………………………………………………......................
    .......
    3
    8
    Foydalanilgan
    adabiyotlar ………….............…………………………………..
    3
    9
    Ilova …………………………………………………………………......
    4
    0


    Kirish
    «Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib
    qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Birinchi, marta u yozuv paydo bo‘lgan
    davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har
    qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki
    hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi
    axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan
    kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash
    mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq
    qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada
    qo‘llaniladigan usullaning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq
    bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
    Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning
    maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta
    orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning
    qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning ta’minlash


    zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‘iga
    ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni
    aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday
    jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi.
    Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar
    bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
    Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‘idan ma’nosi buzilmasdan
    kelganligini bilish, balki uning muallifdan keganligiga ishonch hosil
    qilish juda muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini
    tasdiqlovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar
    bilan almashuvdir, lekin bujuda samarali bo‘lmagan protsedura.
    CHunki parolni qo‘liga kiritgan har qanday shaxs axborotdan
    foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya
    qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni
    kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya
    bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan
    protseduralarni ham ta’minlaydi.
    Kriptografiya sohasidagi oxirgi
    yutuqlardan
    biri – raqamli
    signatura – maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida
    yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan
    ochiq kalit ma’lum bo‘lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul


    maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullardan
    ko‘proq afzalliklarga ega.
    Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
    Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil
    o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
    Kodlashtirish uchun tez – tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z
    ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan
    har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy
    tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi
    shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki
    jadval
    ixtiyoriy
    kriptografik
    o‘zgartirishga
    misol
    bo‘ladi.
    Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos – talablar - qatorli
    ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha
    o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda
    tashqi xotira qurilmalarida amalga oishirish mumkin, lekin bunday
    tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi.
    Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning
    yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish
    zaruriyati paydo bo‘ladi.
    Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga –
    boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga


    o‘zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi
    axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi.Bu erda
    algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik
    kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan
    talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’ekti sifatida
    faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni
    almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni
    almashtirishdan engildir. SHuning uchun ham kodlashtirish emas,
    balki shifrlash axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng
    qo‘lamda qo‘llanilmoqda. Sirli (maxfiy) aloqalar soha kriptologiya
    deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» - sirli va «logus» - habar
    ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish,
    ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
    Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini
    ta’minlashdan iborat.
    Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan
    himoya tizimini ochishdan iborat.
    Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
    simmetriyali bir kalitlik (maxfiy kalit);
    assimetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:


    Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy
    kalitni bir – birlariga uzatishlari mumkin?
    Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
    Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini
    topdi.
    Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladiyu biridan
    ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
    Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa,
    ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklash
    qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.


    Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar
    birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash
    mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni
    axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.
    Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqarii quyidagi masalalarni
    echish mumkin:
    Foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi
    zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash;
    Tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro
    autentifikatsiyalash.
    Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu
    elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan
    elektron savdolardir.

    Download 0,98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish