Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




Download 25,49 Kb.
bet3/5
Sana28.05.2024
Hajmi25,49 Kb.
#255679
1   2   3   4   5
Bog'liq
B. M. Kamanov z. T. Xayitov “elektronika va sxemalar” fanining b-fayllar.org

Kirish. 
Elektronika va sxemalar — fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish,
qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar,
hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Elektronika va sxemalarning birinchi qismi elektromagnit maydon
nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr
o‘tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi.
Elektronika
va
sxemalarning
rivojlanishi
elektron
asboblar
texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, hozirgi
kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklari, magnitlar,
kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga
o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
Ikkinchi bosqich Li de Forest tomoniaan 1906-yilda triod lampasining ixtiro
qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o‘zgartiruvchi va eng muhimi,
quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo‘ldi. Elektron lampalar
yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon
so‘zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni ham uzoq masofalarga uzatish
imkoniyati (televideniya) paydo bo‘ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv
elementlar bilan birga aktiv elementlar — elektron lampalardan iborat edi.
Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-
yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolyar tranzistorning ixtiro
etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron
lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p
energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma
hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
Mikroelektronika - fizik, konstruktiv-texnologik va sxemotexnik usullardan
foydalanib yangi turdagi elektron asboblar - IMSlar va ularning qo‘llanish
prinsiplarini ishlab chiqish yo‘lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir
yo‘nalishidir. Ushbu o‘quv qo‘llanma «Sxemalar va elektronika» fanining o‘quv
dasturi asosida Toshkyent axborot tyexnologiyalari univyersityeti Nurafshon
filiali
bakalavriatura
talabalari
uchun
tayyorlangan.
Unga
ko‘ra,
laboratoriya praktikumini o‘tkazishdagi auditoriya mashqulotlari uchun, ya'ni
laboratoriya
ishiga
kiritish
kollokviumi, laboratoriya
ishlarini
bajarish,
laboratoriya tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirish va uni himoya
qilishga 36 soatgacha vaqt ajratilgan.
Laboratoriya
ishlaridagi
ekspyerimyental
tadqiqotlar
zanjirlardagi
elyektr jarayonlarini kuzatish, soddalashtirilgan sxemalarning va ular tashkil
etuvchilarining
(ryezistorlar,
kondyensatorlar,
induktivlik
qaltaklari,
nochiziqli elementlar, tyebranish konturlari) paramyetrlarini o‘lchash imkonini
beradi. Biroq, ushbu tadqiqotlarni bajarish jarayonida talaba syezilarli bilimni
olishi va uni mustahkamlashi uchun mazkur elyektr uskunalari, ulardagi



jarayonlarning nazariy bilimlari avvaldan mustaqil o‘rganilgan bo‘lishi shart.


Shuning uchun laboratoriyadagi tadqiqotlar bajarilishidan avval talaba konspyekt,
o‘quv darsliklari yordamida uyda (kutubxonada) mustaqil nazariy bilimlarni olishi
shart. Talaba navbatdagi laboratoriya ishlarini bajarishga faqatgina bajarilishi
lozim bo‘lgan laboratoriya ishining vazifalari va mohiyatini aniq tushungandan
so‘ng kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va maqsadlarini yozma
ravishda tushuntira olishi shart.
Talaba, har bir ishdagi mavjud bo

lgan nazorat
savollariga alohida e‘tiborni qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida
Elektronika va sxemalar fanidagi joriy va yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi
mumkin. Talaba shu savollarga javoblarni aniq o‘zlashtirgan bo‘lishi shart.
Shundagina
talaba
navbatdagi laboratoriya ishini bajarishga kiritilishi mumkin.
Talabaning laboratoriya ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida o‘quv qo‘llanmada
mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo‘limida keltirilgan hisoblash ishlarini
ham bajarishi zarur. Laboratoriya ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning
laboratoriya stendida yig‘ishi lozim bo‘lgan barcha o‘lchov sxemalarini chizishlari
kyerak. Laboratoriya ishini bajarishda talaba styendda o‘lchov zanjirini uyda
chizgan sxemalari yordamida, o‘quv adabiyotlardan foydalanmasdan yig

ishi zarur.
Shuning uchun uyda tayyorlarlangan o’lchov sxemalari yetarli darajada to‘liq va
aniq bo‘lishi zarur.
Laboratoriya
ishini
bajarishga
kiritilish
uchun
tayyorlanish
vaqtida keltirilgan ko‘pgina laboratoriya ishlarida ko‘rsatilgan
shaklda jadvallarni tuzish lozim. Uning kataklarida tajriba o‘lchovlari va
keyinga hisoblashlar natijalari joylashtiriladi. Eksperimental
ko‘nikmalardan
tashqari, talaba laboratoriya hisobotini to‘ldirishni ham o‘rganishi zarur. Bu
hisobotda laboratoriya ishiga tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan
tadqiqot natijalariga ishlov berishda zarur bo‘lgan barcha yozuvlar yoritilishi
kyerak. Hisobotni laboratoriya ishini bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni
himoya qilishdan oldin taqdim etiladi. Semestr oxirida hisobotni o‘qituvchiga
yakuniy nazoratga kirishga ruxsat olish va yig‘ilgan ballarni hisoblash uchun
topshiriladi. Hisobotda keltirilgan o‘lchov birliklari, sxemalar chizilishi Davlat
Standarti (1-ilovada kyeltirigan) asosida bo‘lishi shart. Undagi mavjud
xatolarni to‘g‘rilab bajarish ruxsat etiladi. Hisobotda titul varaq bo‘lib (2-
ilovada keltirilgan), unda universityet, fakultetning nomlari, guruh raqami,
talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning nomi keltiriladi. Nazorat savollariga
to‘g‘ri javoblari yozilgan hisoboti bo‘lmagan talaba navbatdagi (guruhning
kalendar rejasidagi) laboratoriya ishiga kiritilmaydi. Barcha laboratoriya ishlari
universal laboratoriya stendlarida bajariladi. Laboratoriya
ishini bajarishda
intizom qat‘iy bajarilishi shart. Ulangan stenddan uzoqlashish ta‘qiqlanadi.
Stendni ulash faqat o‘qituvchining ruxsatidan so‘ng amalga oshiriladi.
Tajribalar tugashidan so‘ng, zanjirni yig‘ishtirmasdan, o‘lchov natijalarini
o‘qituvchiga ko‘rsatish shart. Ishni tugallab, talaba asboblarni o‘chirishi, elektr
zanjirni yig‘ishtirishi va ish joyini tartibga keltirishi zarur.






Download 25,49 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

Download 25,49 Kb.