• Birinchi bosqich
  • Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 25,49 Kb.
    bet5/5
    Sana28.05.2024
    Hajmi25,49 Kb.
    #255679
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    B. M. Kamanov z. T. Xayitov “elektronika va sxemalar” fanining b-fayllar.org

    Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta‘sirini va axborot uzatish,
    qayta ishlash va saqlashda qo‘llaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish
    usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
    Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo‘lgan talablarini
    qondirishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish
    munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini
    yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda
    bog‘liq. Insonlar o‘rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi
    bir necha bosqichlardan iborat: xarakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi,
    elektronika.
    Axborot uzatishning yangi usuliga o‘tish doim jamiyatda ishlab chiqarish
    kuchlarini keskin o‘sishiga olib kelgan.
    Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va
    hajmini keskin orttirdi.
    Elektronika rivojlanish jarayonida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
    Birinchi bosqich 1895 yilda A.S. Popov tomonidan simsiz telegraf – radio
    ixtiro qilinishi bilan boshlandi. Bu davrdagi aloqa qurilmalari passiv
    elementlardan:
    simlar,
    induktivlik
    g‘altaklari,
    magnitlar,
    rezistorlar,
    kondensatorlar, elektromexanik qurilmalar (almashlab ulagichlar, rele va
    boshqalar)dan iborat edi.
    Aleksandr Stepanovich Popov
    Ikkinchi bosqich 1906 yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv elektron asbob
    - triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod – elektr signallarinii turli
    o‘zgartirish usullariga ega bo‘lgan, asosan – quvvat kuchaytirish xossasiga ega
    bo‘lgan birinchi aktiv elektron asbob bo‘ldi. Kuchsiz signallarni elektron lampalari
    yordamida kuchaytirish hisobiga telefon orqali suhbatlarni uzoq masofalarga
    uzatish imkoniyati yuzaga keldi. Elektron lampalari radio orqali tovush, musiqa,
    keyinchalik esa televideniye orqali tasvirlarni ham uzatishga o‘tishna imkon
    yaratdi. Ikkinchi bosqich elektronika apparaturalari elementlariga – elektron
    lampalar, rezistorlar, kondensatorlar, transformatorlar kiradi.


    Elektron lampa triod


    Uchinchi bosqich 1948 yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan
    qattiq jismli (yarimo‘tkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich)
    elementi bo‘lgan - bipolyar tranzistorning kashf etilishi bilan boshlandi. Tranzistor
    elektron lampaning barcha funksiyalarini bajarishga qodir.
    U radiolampalarga nisbatan arzon, mustahkam, chidamli hamda kam energiya
    iste‘mol qilar edi.
    1956 yilda tranzistor ixtirochilari Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.

    Birinchi tranzistor



    http://fayllar.org



    Download 25,49 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 25,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 25,49 Kb.