|
Va muvofiqlashtirish boshqarmasi
|
bet | 4/12 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #124798 |
Bog'liq Islombek Mavzular to\'plamiMavzuni mustahkamlash.
O’quvchilarga savollar orqali murojaat etiladi va interfaol usulda mavzu mustahkamlanadi. Mustahkamlash uchun turli soda topshiriqlardan foydalaniladi.
A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;
Uyga vazifa:
1. Excelda kitob va varaq hosil qilish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligini yozish.
2. Algebraik ifodalarni Excelda yozilishiga misollar tuzish.
3. Excel elektron jadvali yordamida (a+b)*(c+d) ifoda o’zgaruvchilarning ixtiyoriy qiymatlarida hisoblang.
“Tasdiqlayman”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
________ Z.Otaxanov
2-MAVZU: Murojatdan foydalanish amal bajarishda nushalanishning afzaligi soda va murakab funksiyalarning grafiglari
REJA:
Nisbiy murojaat
Absolyut murojaat
Aralash murojaatlar qilish orqali masalalarni yechish.
Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.
Matnli
|
Sonli
|
Sanali
|
Vaqt
|
Formulalar
|
Funksiya
|
Katakcha quyidagi xossalarga ega bo’lishi mumkin:
fon turi va rangi;
shrift turi, o’lchami va rangi;
chegara turi, rangi va o’tkazilish joyi;
tekislash turi;
matn yo’nalishi turi;
son turi;
himoya.
Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o’zining adresi (o’rni)ga ega bo’ladi. Masalan, A1, X2, A3, T4, AZ1963, …. Jadvaldagi ajratilgan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo’lib, u jadvaldagi katakchalardan iborat ixtiyoriy to’rtburchak yoki to’rtburchaklar to’plamidir. Masalan, A5:B7 – bloki A5, A6, A7, B5, B6, B7 katakchalarni, M3:M8 - M3, M4, M5, M6, M7, M8 katakchalarni o’z ichiga oladi.
Shuni yodda tutish kerakki, ustun va satrlarning soni, demak, katakchalar soni dasturlarning imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. Super Calc4 elektron jadvali varag’ida satrlar 9999 ta va ustunlar 255 ta bo’lgani uchun katakchalar soni 9999 * 255= 2549745 ta, Excel elektron jadvali varag’ida 16384*256=4194304 (65536*256=34471936) ta katakcha bo’ladi.
Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin.
Murojaat bu – formula yozishda ishlatilayotgan katakcha yoki satr yoki ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda ikki xil: nisbiy va absolyut murojaat qo’llaniladi. Shuni yodda tutingki, murojaat boshqa fayl yoki varaqga ham bo’lishi mumkin.
|
| |