• 3. Shaxsning tarkib topishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. Jamiyat hayotida insonning o`rni.
  • Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshloq tumani




    Download 1,58 Mb.
    bet10/110
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #137293
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
    Bog'liq
    Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 60

    Individuallik – Insonnig o`ziga xos jihatlarini, uni boshqalardan ajratib turuvchi, faqatgina ana shu insonga mavjud bo`lgan xususiyatlarni, noyob xislatlarni bildiradi.






    Shaxs – Ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo`lgan individ sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirgan insondagi emotsional, irodaviy, axloqiy, estetik, ijtimoiy va shu kabi xususiyatlarning bir butunligi, yaxlitligi.




    3. Shaxsning tarkib topishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. Jamiyat hayotida insonning o`rni.



    Jamiyat – kishilrning turli munosabatlari va o`zaro ta`sirlari tizimidan iborat

    Жамият – кишиларнинг турли муносабатлари ва


    ўзаро таъсирлари тизимидан иборат



    Ijtimoiylashuv jarayoni tufayli o`zining jamiyatdagi muayyan ijtimoiy roli yoki ijtimoiy maqomiga ega bo`lishni yoxud ularni o`zgartirish orqali shaxs o`zini jamiyatda namoyon qiladi.


    Kishining o`z jinsi, yoshi, mutaxasisligi, kelib chiqishi, qarindoshlik aloqalari, oilaviy ahvoli, oladigan daromadining darajasiga ko`ra jamiyatda tutgan o`rniga uning ijtimoiy maqomi deyiladi.




    Jamiyat tushunchasining mazmuni




    Keng ma`noda

    Tor ma`noda

    Moddiy dunyoning tabiatdan ajralib chiqqan hamda odamlar o`rtasida hayot faoliyati jarayonida shakllanadigan munosabatlarning tarixiy rivojlanuvchi qismi.

    1. Insoniyat tarixining muayyan bir bosqichi.
    2.Alohida olingan konkret jamiyat.


    Jamiyatni anglashga qaratilgan turli yondashuvlar.

    Formatsiyaviy yondashuv.




    Sivilizatsiyaviy yondashuv.



    Integratsion yondashuv



    4-ilova
    Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye
    keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyimkechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti,
    shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi
    ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir
    qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
    Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.
    TOTUV OILA — JAMIYAT TAYANCHI Oilada ota — fayz­barakat, ibrat timsoli, ona — mehr­muhabbat, tarbiya o‘chog‘i, farzand esa go‘zal tarbiya merosxo‘ridir. Ayni shunday xonadonda to‘ kin­sochinlik, shod­u xurramlik, o‘zaro hurmat va totuvlik mujassam. Bunday muhitda voyaga yetgan farzanddan barcha manfaat topadi. Bunday oilalar kamoli oxir­oqibat jamiyat farovonligiga munosib hissa qo‘shadi.
    Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo hududi xilma­xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan hamda turli millat, elatlar tinch­totuv yashagan makon bo‘lib keldi. Bu davrda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar natijasida sabr­toqat, bag‘rikenglik, mehr­oqibat, halollik bilan kun kechirish kabi qad riyatlar shakllandi. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek xalqi uchun jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. Mahalla tumanlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni­qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib­qoida, urf­odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar orqali ham bog‘liqdir. Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o‘zini­o‘zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol bosh chilik qilgan.



    Download 1,58 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshloq tumani

    Download 1,58 Mb.