15-mavzu. Oila ma’naviyati.
III BOB. INSON JAMIYAT A’ZOSI (15 soat)
16-mavzu. Insoniylik ulug’ fazilat. Obod yurt doim farovondir.
17-mavzu. Milliy an’ana va qadryatlar- millat ko’zgusi.
18-mavzu. Amaliy mashg’ulot. Master klass. Oila muqaddas qo’rg’on.
19-mavzu. Muloqot va o’zaro munosabatlarida tarbiyaning o’rni.
20-mavzu. Ma’rifat- bilimlilik va ezgulik yo’li.
21-mavzu. Ma’naviy meros qudrati
22-mavzu. Amaliy mashg’ulot. Yaxshilikka intilish
IV BOB. SHAXS- JAMIYAT-DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI
23-mavzu. Hozirgi davrda davlat va din munosabatlarida inson omilining o’rni
24-mavzu. Shaxslar o’rtasidagi munosabatlar va din. Dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari.
25-mavzu. O’zbekistonning xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi roli.
26-mavzu. Tariqatchilik
27-mavzy. Din va madaniyat
28-mavzu. Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili
29-mavzu. Missionerlik va prozilitizmning yoshlar ongi va kelajagiga ta’siri
30-mavzu. Diniy bag’rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot.
Kirish
Kasb-hunar maktablarining o`quvchilariga dars berish uchun mo`ljallangan ushbu to`plam namunaviy o`quv dasturi asosida yaratildi. To`plamda o`qituvchi uchun barcha kerakli hujjatlar mavjud. Ma`lumki, zamonaviy mutaxassis o`z sohasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga,jamiyat hayotidagi o’rni undagi vazifalarini hamda burchlarinianglab yetishi ko`nikmalarini puxta egallagan bo`lishi lozim. Dunyoqarash bilan insoniyat jamiyati to'g'risidagi fan bilimlarining uyg'unligi. Inson shaxsi, jamiyat va ular aloqadorligi tarixiga yondashishda sivilizatsiyaviylik tamoyilining zarurligi. Shaxs kamolotining jamiyatga va ijtimoiy jarayonlar mazmunining inson yetukligiga bog'liqligi. «Tarbiya» o'quv predmeti mavzulari bilan fanning turli sohalaridagi insonshunoslik hamda din o'rtasidagi farqlar. “Tarbiya” fani o`qituvchisining o`quvchilarni xalq e`tiboridagi inson qilib tarbiyalashda o`rni katta. Shu maqsadda tarbiya fanidan berilgan materiallar o`quvchining mustaqil fikrlay olishga, o`z ustida ishlay bilish, xususan, tanlagan kasbga ilmiy va badiiy ko`nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Dars jarayonida mavzular izchilligi va uzviyligi ta`minlanishi, har bir bo`limdan so`ng mustaqil yozma ishlar va testlar o`tkazilib, egallangan bilimlarni amalda qo`llash va mustahkamlash mashqlari bajarilmog`i maqsadga muvofiqdir .
Inson kamolotida tarbiyaning o`rni beqiyosdir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni o`z tarbiyasi vositasida aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O`qituvchilarning vazifasi esa dunyoqarashi keng, mustaqil fikrli kasb egalarini tarbiyalashdir .
|