|
O`quv amaliyotini texnologik xaritasi
|
bet | 2/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 405,73 Kb. | | #241786 |
Bog'liq himoya qilishO`quv amaliyotini texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O`qituvchi
|
O`quvchilar
|
1-bosqich.
O`quv-amaliyotiga kirish
(20 minut)
|
Tashkiliy Qism
Ta’lim oluvching davomatini tekshiradi
Ta’lim oluvchining mashg’ulotga tayyorligini nazorat qilish.
Mavzuga kirish sanoat korxonasining elektr jihozlari bilan ishlashni o‘rganish mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi.
Amaliy mashg’ulotning baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishini eslatadi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radi amaliyotga havfsizlik texnikasi, sanatariya va gigena talablariga rioya qiladi Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo’yadilar
Tinglaydilar
|
2- bosqich
Asosiy qism
(200 min)
|
Kirish yo`riqnoma (50 daq)
O`quvchilar bilimini faollashtirish.
1.Tezkor so’rov: savol-javob aqliy hujum orqali bilimlarni faollashtiradi
Yangi o`quv material bayoni.
2. umumiy ma’lumot beradi, ishlariga tayyorgarlik qilish va ish jarayonini tushuntiradi.
3 tushuntiradi.
4.Sinovdan o’tkazish tushuntiradi
Joriy yo`riqnoma (135 daq)
Yangi o`quv material bo`yicha amaliy mashq bajarish
5. Sanoat korxonasining elektr jihozlarini o’quvchilarga tahsimlab yo`riqli tehnologik xarita (1-Ilova) va mustaqil ish bajarish uchun ko`rsatmalar beradi.
6. Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o`quvchilar tomonidan qo`ygan xatolarni ko`rsatadi.
Yakuniy yo`riqnoma (15 daq)
7. Mashg`ulot tugaganidan so`ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi.
|
Savollarga javob beradi tinglaydilar, yozib oladilar
O`quvchilar o`z ish joylariga turadilar, mashg`ulot raxbari ko`rsatmalari va yo`riqli texnologik xaritaga rioya qilgan xolda bajaradilar xatolarni to’g’rilaydilar.
Foydalanilgan jihozlarni mashg’ulot topshiradilar ish joyini tartibga keltiradilar
|
3 -bosqich
YAkuniy
(20 min)
|
Yakunlash.
1.O`quvchilarni amaliy mashg`ulot bo`yicha baholarni e’lon qiladi (2-Ilova).
2.Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarini ahamiyati va muhumligiga o’quvchilar etiborini qaratadi.
3.Kelguvsi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa beradi (3-Ilova).
|
Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar
|
26-mavzu: Himoya qilish va rostlash apparatlarini ishlatish va ta`mirlash.
Elektr apparatlar turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.
Elektr zanjirlarini masofadan turib ulab-uzish uchun mo‘ljallangan elektromagnit boshqarish apparati elektromagnit kontaktor deyiladi. 36-rasmda elektromagnit kontaktorning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
Elektromagnit kontaktorning chulg‘amidan boshqarish toki o‘tganda, elektromagnit maydon ta’sirida qo‘zg‘aluvchi qism tortiladi va unga o‘rnatilgan asosiy kontaktlar yopiladi, elektr dvigatel yoki uskuna tarmoqqa ulanadi. Elektromagnit kontaktorning qo‘zg‘aluvchi qismida asosiy kontaktlardan tashqari yordamchi – blok-kontakt deb ataluvchi kichik tokli kontaktlar ham bor. Bu kontaktlar elektr uskunaning boshqarish va dvigatel holatidan xabar berish (signalizatsiya) sistemasida ishlatiladi.
Qo‘zg‘aluvchi qism tortilganda blok-kontaktlarning biri yopilsa, ikkinchisi ochiladi. Asosiy va blok kontaktlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Asosiy kontaktlardan o‘tadigan o‘zgaruvchan tok miqdori 200–2500 A atrofida, o‘zgarmas tokning miqdori esa 20–600 A atrofida bo‘ladi. Katta tokli kontaktorlar yoyni o‘chirish mexanizmi bilan alohida jihozlangan, tutashtiruvchi va ajratuvchi kontaktlar farq qilinadi. Tutashtiruvchi kontaktlar elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib o‘tganda, o‘z kontaktlarini (qutblarini) tutashtiradi (yopadi). Ajratuvchi kontaktlar esa chulg‘amdan boshqarish toki o‘tganda o‘z kontaktlarini (qutblarini) ajratadi.
Datchik – bu biror fizik kattalik, masalan, issiqlik, vaqt, bosim va hokazolarni elektr xabar (signal)ga aylantiruvchi sezgir mexanizm. Issiqlik relesi, vaqt relesi, kuchlanish yoki tok relelari bo‘ladi.
|
| |