• Birlik etaloni
  • Davlat Birlamchi Etaloni
  • Ikkilamchi etalon
  • Ishchi etalon
  • Boshlang’ich etaloni
  • ETALON VA ULARNING TURLARI




    Download 46.23 Kb.
    bet2/6
    Sana06.10.2023
    Hajmi46.23 Kb.
    #86859
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Etalon haqida tushuncha-fayllar.org
    укув амалиети, ддаакк, HAYITOVA NAZOKAT JUMAYEVNANING shaxsiy ish rejasi, tarix umumiy usti, 280 енги, 2023 2024 ШИР Qobulov Abduvohid, downloadfile, lui, AT asoslari tex-xarita №1
    ETALON VA ULARNING TURLARI
    O’lchashlar birligini ta’minlash uchun bitta fizik kattalikni hamma o’lchash vositalari darajalangan birlik­lari aynan bo’lishi zarur. Buning uchun fizik kattaliklar belgi­langan birliklarini saqlovchi va tiklovchi, ularni mos o’lchash vositalariga uzatuvchi o’lchash vositalari ishla­tiladi. Metrologik zanjirning eng yuqori qismi bo’lib etalonlar hisoblanadi. Birlik etaloni – birlikni uning o’lchamini qiyoslash sxemasi bo’yicha quyi turgan o’lchash vositalariga uzatish maq­sadida ifodalash va/yoki saqlashni ta’minlovchi maxsus spetsifikatsiya bo’yicha bajarilgan va belgilangan tartibda etalon sifatida rasmiy tasdiqlangan o’lchashlar vositasi (yoki o’lchash vositalari majmui). Tasnifi, vazifasi va etalonlarga umumiy talablar GOST 8.057-80 da belgilab beriladi.
    Mamlakatda eng yuqori aniqlik bilan birlikni tikla­nishini ta’minlovchi etalon (shu birlikni boshqa etalon­lari bilan solishtirganda) birlamchi deb nomlanadi. Bir­lam­chi etalon davlat o’lchashlar tizimining asosini tashkil etadi. Davlat Birlamchi Etaloni – davlat hududida bu birlamchi etalon bo’lib, vakil qilingan davlat organi tomonidan bosh­lang’ich sifatida qabul qilgan qarori bilan aniqlanadi. Davlat etalonlari tiklanadi, saqlanadi va davlat markaziy metro­logiya ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishla­tiladi. Davlat etaloni boshqa davlatlar etalonlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilishi kerak. «Milliy etalon» atama­si etalonni xalqaro etalonlar bilan yoki bir xil davlatlar etalonlari bilan solishtirishni amalga oshirish kerak bo’lganda ishlatiladi. Davlat etaloniga misol qilib, elektr yurituvchi kuch birligi Davlat etaloni (GOST 8.027-89) xizmat qilishi mumkin. Davlat etalonlari O’zbekiston davlat metrologiya, standart­lashtirish va sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlanadi. Ikkilamchi etalon – shu birlik birlamchi etalondan bevosita birlik kattaligini oladigan etalon. Ikkilamchi etalonlar birliklarini saqlash vositalari va kattalik­larini uzatishga bo’ysunuvchi qismi bo’lib qoladi, qiyoslash ishlarini tashkil etish kerak bo’lgan holda ularni yarata­dilar, shuningdek, davlat etalonini saqlash va eski­rishi­ning oldini olishni ta’minlash uchun ishlatiladi.
    Ikkilamchi yoki ishchi etalon bir xil hollarda idoraviy etalon deb nomlanadi, chunki u vazirliklar (idoralar) uchun chiqish etaloni hisoblanadi. Solishtirish etaloni – u yoki bu sabablarga ko’ra bir-birlari bilan bevosita solishtirilmaydigan etalonlarni asl nusxasi bilan solishtiriladigan etalon. Misol qilib, O’zbekiston Respublikasi volt Davlat etalonini normal ­elementi Xalqaro o’lchov va tarozilar volt etaloni bilan solishtirish uchun ishlatiladi.
    Ishchi etalon – ishchi o’lchash vositalariga birlik kattaligini uzatish uchun qo’llaniladi. Bu eng keng tarqalgan etalon. Fizik kattaliklar o’lchashlar aniqligini oshirish maqsadida ishchi etalonlar vazirliklar va idoralar laboratoriyalari va ko’pchilik hududiy metrologik organlarda ishlatiladi. Ishchi etalonlar zarur bo’lganda bo’ysunish tartibida 1, 2 va hokazo razryadlarga bo’linadi va tartibini belgilaydi. O’lchashlarni har xil turlari uchun amaliyot talablaridan kelib chiqib, ishchi etalonlarning har xil razryadlar soni belgilanadi. Boshlang’ich etaloni – eng yuqori metrologik xususiyatga ega etalon (laboratoriya, tashkilotlar, korxonalarda), ulardan bo’ysunuvchi etalonlarga, bor o’lchash vositalariga birlik­lar kattaligi uzatiladi. Davlatda boshlang’ich etalon bo’lib, birlamchi etalon ishlatiladi, respublika uchun, hudud, vazirlik (idora) yoki korxona uchun ikkilamchi yoki ishchi etalon ishlatiladi.

    Download 46.23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 46.23 Kb.