|
ulchash vositalarining klassifikatsiyalanishi
|
bet | 22/59 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #255149 |
Bog'liq Variant 1 Akslanish nazariyasi4 ulchash vositalarining klassifikatsiyalanishi
Ma’lumki, o‘lchashni biror-bir o‘lchash vositasi yordamisiz bajarib bo`lmaydi. O‘lchash vositalarining esa xilma-xil turlari mavjuddir. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘z DSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari” standartiga ko‘ra: O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita. O‘lchash vositasining mohiyati, birinchidan, kattalikning o‘lchov birligini saqlashi (yoki qayta tiklashi); ikkinchidan, saqlanadigan birlik o‘lchamining o‘zgarmasligidan iborat. Bu muhim omillar o‘lchashlarni bajarish imkoniYatini ta’minlaydi (o‘lchov birligi bilan taqqoslaydi), ya`ni texnik vositani o‘lchash vositasiga aylantiradi. O‘lchash vositalarining turlari quyidagi sxemada ifodalangan (1.3 – rasm). 1.3 – rasm. O‘lchash vositalarining turlari. 15 Agar o‘lchashlar jarayonida birlik o‘lchami normada belgilangandan ortiq o‘zgaradigan bo‘lsa, talab etilgan aniqlikdagi natijani bunday o‘lchash vositasi bilan olib bo`lmaydi. Demak, texnik vosita birlikning o‘lchamini vaqt oralig’ida Yetarli darajada o‘zgarishsiz saqlay olgandagina o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin. O‘lchash vositalariining klassifikatsiyasi. Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, o‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiYa tartib raqamlari berilgan bo‘ladi. Quyidagi sxemada o‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi ko‘rsatilgan (1.4 – rasm). 1.4 -rasm. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi O‘lchovlar va ularning turlari. O‘lchovlar – keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. Kattalikning o‘lchovi deb, qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. 16 O‘lchovlarning bir qancha turlari bor (yuqoridagi xxx-rasmga qarang). Shulardan ayrimlariga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Bir qiymatli o‘lchov - o‘lchamning kattaligini qayta tiklaydigan o‘lchov. Masalan, tarozi toshlari (1 kg, 2 kg, 5 kg, ... qiymatli) bunga misol bo‘ladi (1.5- rasm). Ko‘p qiymatli o‘lchovlar – turli o‘lchamdagi kattalaiklarni qayta tiklaydigan o‘lchovlar. Bunga misol sifatida uzunlikning shtrixli o‘lchovini keltirish mumkin. O‘lchovlar majmui – amalda ham alohida, ham turlicha guruhlangan holda qo‘llanishga mo‘ljallangan, bir kattalikning o‘ziga tegishli turli o‘lchamdagi bir qiymatli o‘lchovlar majmui. Masalan, uzunlikning chekka o‘lchovlari to‘plami (1.6 -rasm). 1.5 – rasm. Bir qiymatli o‘lchovlar (tarozi toshlari). 1.6 –rasm. Uzunlikning chekka o‘lchovlari to‘plami (Majmua KMD №3, aniqlik sinfi- 0,1,2,3; p o‘lat) 17 Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir – budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va hokazolar. “Toza rux” 4200 C haroratni hosil qilishda ishlatiladi
|
| |