|
korpuskulyar tulqin dualizmi
|
bet | 25/59 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #255149 |
Bog'liq Variant 1 Akslanish nazariyasi2 korpuskulyar tulqin dualizmi
Korpuskulyar to‘lqin dualizmi (KTD) – bu mikroob’ektlarning maxsus sifati bo‘lib, kvant mexanikasi nuqtai – nazaridan bu ob’ektlarda qarama-qarshi korpuskulYar va to‘lqin xossalari mavjud bo‘lishi e’tirof etiladi. Bunday talqin qilish birinchi bo‘lib de-Broyl tenglamalarida aks etgan edi. Korpuskulyar – to‘lqin dualizmida makro- va mikroolam orasidagi bog‘lanish va ularning o‘ziga xos birligi aks etadi. Mikrojarayonlarning maxsus xususiyati shundan iboratki, bunda kvant zarrasi bilan KTD orasidagi ta’sir natijasida aniqmaslik munosabatlar Yuzaga keladi. KTD nuqtai-nazaridan talqin qilish kvant mexanikasida qarama-qarshi xossalari mavjudligini fanni katta qiyinchiliklarga yetakladi. Mexanik talqin qilishda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bir-biriga qaramaqarshi bo‘lgan korpuskulyar va to‘lqin xossalar bir-biridan uzoqlashib, turli ob’ektlarining xarakteristikalari sifatida namoyon bo‘ldilar. Materialistik nuqtai 30 nazardan qaraganda mikrozarra korpuskula ham emas, to‘lqin ham emas, balki ularning bo‘linishidir. Bu o‘zaro birlikning matematik talqini to‘lqin funksiyasi tushunchasidaga olib keladi. Makro- va mikroolam – bu ob’ektiv haqiqatning ikki sohasi bo‘lib, materiya tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Mikrohodisalar qobig‘i – bu oddiy bir olamdir, binobarin, unda inson harakat qiladi va yashaydi. Sifat jihatdan boshqa bir soha mikroolamni (atom, yadro, elementar zarralar va boshqalar) tashkil etadi, chunonchi ularning o‘lchamlari santimetrning milliondan bir qismiga teng bo‘ladi. Ularning har biri materiyaning alohida bir ko‘rinishi bo‘lib xarakterlanadi, jumladan, bu hodisalarga fazo-vaqt va zaruriy munosabatdir, harakat qonunlari kiradi. Shunday ekan, makroolamda material ob’ektlar aniq ifodalangan uzlukli va korpuskulyar yoki uzluksiz, to‘lqin tabiatiga ega bo‘ladi va ularning harakati klassik mexanikaning dinamik qonunlariga bo‘ysunadi. Mikroolam hodisalari qarama-qarshi bo‘lgan korpuskulyar va to‘lqin xossalari bilan xarakterlidir, chunonchi, ular uchun kvant mexanikasining statistik qonunlari o‘rinlidir. Makro- va mikroolam orasidagi o‘ziga xos chegara qatlamining hosil bo‘lishi Plank doimiysini ochilishi bilan isbotlanadi. Bu doimiylikning asosiy mazmuni shuki, bunda “ta’sir chegarasi cheklangan”, holbuki, mikroolamdagi ikkita ob’ektning o‘zaro ta’siri kvant ta’sirining qiymatidan kichik bo‘lishi mumkin emas. Makroolam tipik xossalari bilan xarakterlanadi, jumladan, issiqlik, elektromagnit va boshqa xossalardir. Fizika – bu material zarrachalarning tuzilishi va harakat qonunlari, modda va maydon, atomlarining tuzilishi, gravitatsion, elektr va magnit maydonlari va ularning o‘zaro ta’siri, hamda molekulyar-kinetik jarayonlar haqidagi fandir. Bular jism harakatining qonuniyatlari (mexanika), tovush hodisalarining sabablari (akustika), issiqlik, elektr va magnit hodisalari to‘g‘risidagi bo‘limlardan iborat. Mexanik, issiqlik va elektromagnit jarayonlar o‘zaro 31 aylanish bilan bog‘langan, jumladan, harakat miqdorini saqlanishi, ya`ni energiyani saqlanish qonuni XX asrda isbotlangandi. Qonuniy asosda qabul qilingan turli fizik ob’ektlarning (fizik tizimlar, ularning holati va tizimlarda yuz beradigan jarayonlar) xossalari va miqdoriy munosabatlarni xarakteristikalari, chunonchi miqdoriy jihatdan alohidalikka ega bo‘lgan ob’ektlar fizik kattaliklar deyiladii. Bu kattaliklarga uzunlik, vaqt, temperatura, massa, bosim, tezlik va boshqalar kiradi. Agarda Olam Okeani va Quyoshni fizik ob’ektlar sifatida qaraydigan bo‘lsak, u holda Quyoshning yuza tekisligidagi harorat va butun Olam Okeanini yuza tekisligidagi o‘rtacha harorat, miqdoriy jihatdan olganda ikkala ob’ekt uchun fizik kattalik bo‘ladi, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari turlichadir (harorat Quyosh sirtida 6000 K va Olam Okeani yuzasidagi harorat 300 K). O‘lchanayotgan fizik kattalikning son qiymati ular qaysi o‘lchov birliklarida o‘lchanishiga bog‘liq bo‘ladi, agar o‘lchov birliklarini tanlashda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, o‘lchash natijasini taqqoslash mumkin bo‘lmay qoladi, binobarin, bunda o‘lchashlar birligining nomutonosibligi kelib chiqadi. Shu holat yuz bermasligi uchun o‘lchov birliklarini ishlatishda aniqlangan qoidalar belgilangan va qonuniy asosda rasmiylashtirilgan. Asosiy va hosilaviy o‘lchov birliklari birgalikda birliklar sistemasini tashkil etadi. 1960 yilda o‘lchashlar va og‘irlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan XI Bosh konferensiya fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar tizimini qabul qiladi. Xalqaro birliklar tizimining asosiy o‘lchov birliklari quyidagicha: - metr (uzunlik birligi) - kilogramm (massa birligi); - sekund (vaqt birligi); - amper (elektr tok kuchining birligi); - kelvin (termodinamik harorat birligi); - kandela (yorug‘lik kuchi birligi); - mol (modda miqdori birligi); 32 Xalqaro birliklar tizimining (SI) hosilaviy birliklari kattaliklarni ifodalovchi matematik tanglamalar orqali asosiy va qo‘shimcha o‘lchov birliklaridan aniqlangan qoidalar asosida hosil qilinadi.
|
| |