• Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo’lganda
  • O’quvchilar va o’qituvchilar ShKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash




    Download 24.29 Kb.
    bet3/4
    Sana13.05.2023
    Hajmi24.29 Kb.
    #59320
    1   2   3   4
    Bog'liq
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    O’quvchilar va o’qituvchilar ShKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash hisobiga o’quv jarayonlarini uslubiy takomillash-tirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: o’qituvchi ShKda bajariladigan ishlarni o’quvchilar ShKda ko’rsatish; o’qituvchining ShK monitorida o’quvchilar ShKlari ekranlarini aks ettirish orqali o’quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.

  • Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har qanday ShKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta'minlash.


    2. TARMOQ QURILMALARI VA VAZIFALARI
    Tarmoqda ishlatiladigan qurilmalar 2 ta asosiy turga bo‘linadi:
    1. apparatli qurilma;
    2. dasturiy qurilma.
    Bu qurilmalarni asosiy vazifalari tarmoq orqali uzatilayotgan ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilishdan iborat.Bu qurilmalar quyidagilardir:
    - HUB (uzatish signallarini kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi); - BRIDGE (ko‘prik); - ROUTER (marshrutizator); - SWITCH (kommutator); - GATEWAY (shlyuz); - MODEM.
    1. HUB qurilmasi aktiv qurilma bo‘lib uzatilayotgan ma‘lumotlarni signal darajasini kuchaytirish imkoniyatiga ega.
    2.BRIDGE (мост - ko‟prik) qurilmasi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi (ko‘prik vazifasini o‘taydi).
    3.ROUTER (marshrutizator) qurilmasiham BRIDGE (ko‘prik) qurilmasi kabi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi yoki ajratadi. Farqi ROUTER (marshrutizator) qurilmasi katta tarmoqlarda ishlatiladi. Bundan tashqari marshrutizator qurilmasi kerakli tarmoqni yoki kerakli yo‘lni tanlash imkoniyatiga ega. Bu holda kirishga kelayotgan ma‘lumotlar tanlash orqali o‘z yo‘llarini topadi.
    4. SWITCH (kommutator) qurilmasi yordamida kichik tarmoqlarda ishlash mumkin. HUB dan farqi, o‘tkazish qobiliyati yuqoriligidir. Bunda bir nechta juft qurilmalar ma‘lumot almashish imkoniyatiga ega.
    5.GATEWAY (shlyuz) qurilmasi har xil turdagi tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi. Birlashtirish jarayonida kelayotgan ma‘lumotlar borishi kerak bo‘lgan portga yoki adresga uzatiladi va shu qurilmadan o‘tish jarayonida protokollari o‘zgartiriladi.
    6.MODEM. Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli signallar ko‘rinishidagi ma‘lumotlarni kerakli tezlik va aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Modemlar axborot manbasidan, aloqa kanalining parametrlariga ega bo‘lgan va berilgan tuzilishga ega bo‘lgan signallarni muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
    Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo‘lgan oqimlar va kerakli marshrutlarni aniqlash, maxsus jadvallarda marshrutlarni belgilash, oqimlarni multiplekslash, uzatish muhitini taqsimlash – texnikaviy masalalar barcha tarmoq texnologiyalari asosi sifatida uning funksional xususiyatlarini belgilaydi. Tarmoqlarda ikki foydalanuvchi bir-biri bilan bog‘lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsiya usullari mavjud:
    Kanallar kommutatsiyasi (circuit switching); • Paketlar kommutatsiyasi (packet switching); • Xabarlar kommutatsiyasi (message switching).
    Har bir paket kerakli tugunga yetib borishi uchun adres axboroti belgilangan sarlavha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo‘lishi mumkin va quyidagilarni o‘z tarkibiga olishi shart:
    - uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba manzili; - uzatilayotgan ma‘lumotlar; - qabul qiluvchining (destination) manzili; - tarmoq vositalariga ma‘lumotuzatilishi lozim bo‘lganmarshrut axboroti; - xabarni dastlabki ko‘rinishda taqdim etuvchi axborot; - uzatish aniqligini ta‘minlovchi xatoliklarni tekshirishaxboroti.
    Bu qismlar uchta guruhga bo‘linib, paketning sarlavha, ma‘lumot va treyler qismlarini shakllantiradi. Sarlavha qismi paketning uzatilish signali, manba adresi, makon adresi, uzatishni sinxronlash kabilarni o‘z ichiga olgan. Ma‘lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‘ljallangan ma‘lumotlardan iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5— 4 Kb bo‘lishi mumkin. Treyler qismi ko‘p hollarda xatoliklarni tekshirishga mo‘ljallangan (misol uchun, Cyclic Redundancy Check - tsiklik kod yordamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelining qo‘llanish pog‘onasida boshlanadi. Uzatishga mo‘ljallangan axborot yuqori(qo‘llanish pog‘onasi)dan quyi pog‘onaga yetkaziladi va har bir pog‘onani ma‘lumot qismiga tegishli axborotni qo‘shadi (9.2— rasm) Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi. Paketli kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‘lib, unda paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‘lgan holatda, paket biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi .


    Download 24.29 Kb.
  • 1   2   3   4




    Download 24.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilar va o’qituvchilar ShKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash

    Download 24.29 Kb.