-ikkinchi jahon urushidan so’ng qanday mustaqil davlatlar vujudga
keldi;
-XX asrning oxirida qaysi davlatlar parchalanib ketdi va qanday yangi
davlatlar paydo bo’ldi va x.k.
Yangi mavzuni o’rganish darsi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat:
darsni maqsadini aniqlash; yangi mavzuni tushuntirish davomida
o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishi lozim; mavzuni alohida
mantiqiy qismlari bo’yicha umulashtirish va mustahkamlash; o’zlashti-
rilgan bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash bo’yicha o’quvchilarga
topshiriqlar berish; uyga vazifa berish.
Mazkur darslarda quyidagi mavzularni o’rganish mumkin; ‚Er po’s-
tining tuzulishi (V-sinf); ‚O’rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlashtirish‛
‚O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish‛ (VIII-sinf); ‚Jahon siyosiy karta-
si‛, ‚Jahon tabiiy resurslari‛, ‚Jahon aholisi ‛va x.k.