Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
15.2. Aralash dars. 
Umum ta’lim maktablarida eng keng tarqalgan dars turi. Aralash 
darslarda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi va ularda o’quv 
jarayonini barcha qismlari mavjud: yangi bilimlarni o’zlashtirish; olingan 
bilimlarni tahlil qilish va fikrlash; olingan bilimlarni mustahkamlash; 
olingan bilimlarni esda saqlab qolish; o’zlashtrilgan bilimlarni qo’llash. 
Mazkur darslarda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: yangi mav-
zuni o’rganish; geografik ko’nikmalarni shakillantirish; olingan bilim va 
ko’nikmalarni tekshirish. 
Jahon xo’jaligi 


Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism. 
Ushbu qismda yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi ya’ni 
o’quv qurollari bor yo’qligi aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi; 
yangi darsni maqsad va vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi 
mavzu o’rtasida bog’liqlik aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu 
o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan bilimlar mustahkamlanadi va 
darsda o’quvchilar faoliyati tekshiriladi; uyga vazifa beriladi va uni 
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. ( I.V. Dushina, 1985). 
Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga 
oshirish uchun alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quv-
chilar birgalikda faoliyatini shakillari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham 
aytish mumkinki aralash darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi 
o’quvchilarni darsga qiziquvchanligini va diqqatini pasaytirib yuboradi 
hamda ularni zeriktirib qo’yadi. Shuning uchun aralash darsni tarkibini, 
metodlari va faoliyat shakillarini tez-tez almashtirib turish lozim bo’ladi. 
Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik, ko’p soatlarga 
mo’ljallangan mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin o’tilgan 
dars mazmuni bilan bog’langan bo’lsa. 
Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan 
bo’lsa, darsni o’quvchilar o’tgan darsdla o’zlashtirilgan bilimlarni tekshi-
rish va baxolashdan boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mav-
zuni o’tishdan oldin yoki o’zlashttirilgan bilimlarni mustahkamlashdan 
oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda uni bajarish bo’yicha metodik ko’r-
satmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim. 
Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’z-
lashtirishi lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i 
lozim. 
Masalan, 5-sinf darsligidagi Olam va Yer bo’limini o’rganayotganda 
koinot, yulduzlar, gallaktika, quyosh, quyosh tizimi, sayyoralar, yo’ldosh-
lar, meteoritlar tushunchalarini yaxshi o’zlashtirilishiga katta e’tibor 
beriladi. 
Xozirgi paytda geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar 
miqyosini ortib borishini hisobga olib bilimlarni mustahkamlashni yangi 
mavzuni tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin. masalan, tog’ 
jinslari mavzusini o’tishda magmatik, cho’kindi va metmorfik tog’ jinsla-
rini xosil bo’lishi va tarqalishini tushuntirish davomida mazkur bilim va 
ko’nikmalarni birdaniga mustahkamlab va umumlashtirib ketish mumkin. 


Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har 
bir mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va 
umumlashtiriladi. Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan 
so’ng olingan bilimlarni birdaniga mustahkamlab ketish mumkin. Bunda 
magmatik tog’ jinslarini xosil bo’lishi, turlari (intruziv, effuziv) va ularni 
xosaalariga urg’u beriladi. 
Demak, aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni 
doimo o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Ba’zi xollarda avval yangi mavzuni 
o’tib, so’ngra uyga berilgan vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda 
darsni uyga vazifa berish bilan ham boshlash mumkin. 
Aralash darsni 5-sinfda ‚Plan va karta‛, ‚Er qobiqlari‛, 6-sinfda xar bir 
materik va okeanni tabiiy sharoitini, 9-sinfda materiklar yoki ayrim minta-
qalar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’tishda qo’llash mumkin. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish