2 Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy ob’ektlarga nisbatan
joylashishi (joy relefi, suv havzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va
h.k); transport yo’llariga, boshqa aholi manzilgoxlariga va yirik xo’jalik
ob’ektlariga nisbatan joylashishi.
3. Korxonani qaysi vazirlikka bo’yso’nishi: tuzilishi; texnologik
jarayonini o’ziga xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va
avtomatlashtirish darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan texnika
yutuqlarini qo’llanilishi.
4.Korxonani ixtisoslashuvi va uni asoslash; mahsulot turlari;
foydalanilgan xom-ashyo, yoqilg’i va materiallar turlari va ularni tejash;
elektrotexnika ta’minoti; chiqindilardan foydalanish.
5.Korxonadagi ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari, kasblar
va malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va
hayot sharoiti va ularni yaxshilash choralari.
6.Mehnat unumdorligi o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tannarxni
pasaytirish.
7.Korxonani rivojlantirish istiqbollari.
Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda o’rganiladi:
1. Qishloq xo’jalik korxonasining (fermer xo’jaligi) vujudga kelish
vaqti va sabablari. Tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va
iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan geografik joylashishi; suv ayirg’ichda,
vodiyda, botiqda, terassada, yoyilmada joylashishi; yo’llarga (asosiy,
ikkinchi darajli, temir yo’llar va h.k.) va aholi punktilariga nisbatan
joylanishi.
2. Qishloq xo’jaligi korxonasining o’lchamlari: ekin maydoni, aholisi va
uning zichligi (1m
2
ga)
3. Fermer xo’jaligining yer fondi, ularning o’lchamlari va turlari.
Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orilish, quritish,
sho’r yuvish, jarlarni tekislash).
4. Fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot, texnika ekinlari,
bog’dorchilik, uzumchilik).
5. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligi: ixtisoslashuvi (qora-
molchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va h.k). yem-
xashak ta’migoti.