• 16.3.1. Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari.
  •  Tabiiy geografik o’quv sayohatlari




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    16.3. Tabiiy geografik o’quv sayohatlari. 
    Umumta’lim maktablarida o’quv sayohatlarining katta qismi tabiiy 
    geografiya kurslari buyicha o’tkaziladi. Shuning uchun tabiiy geografik 
    o’quv sayohatlari bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. 


    Tabiiy geografik o’quv sayohatlarini ikkita yirik guruhga bo’lishimiz 
    mumkin. 
    -umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari. Bunda sayohat davomida 
    o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nik-
    malariga ega bo’ladi; 
    -maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlari. Bunday sayohatlarda 
    tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari alohida o’rganiladi. Masalan, 
    relefi, tuproq, o’simlik va h.k. 
    16.3.1. Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari. 
    Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlari maktab tabiiy geografiya 
    kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyush-
    tiriladi. 
    Tabiiy geografik o’quv sayohatlari quyidagi tartibda o’tkaziladi: 
    1. O’quv sayohatlariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga 
    quyidagilar kiradi: sayohat o’tkaziladigan joyni tanlash va uni kartasini 
    topish yoki xomaki rejasini tuzish; sayohatni vaqtini va davomiyligini 
    aniqlash; sayohat uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yhatini 
    tuzish va u ularni topish; o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish va ularni 
    ma’lum bir guruhlarga bo’lish; 
    2. O’quv sayohatini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
    ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suhbat 
    o’tkaziladi. Unda o’quv sayohatining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi. 
    Har bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning 
    (joyning) geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga 
    nisbatan, daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy 
    ob’ektlarga nisbatan aniqlanishi mumkin. 
    Bundan tashqari agar topografik karta mavjud bo’lsa nuqtaning 
    matematik geografik o’rni ham aniqlanadi. Shundan so’ng nuqtaning 
    umumiy tabiiy geografik sharoiti o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik 
    tuzilishi, foydali qazilmalari, relefi, gidrografik tarmoqlari, tuproqlari 
    o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o’rganiladi. Demak, 
    umumiy tabiiy geografik sayohatlarda o’quvchilar har bir nuqtani yoki 
    joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish va baholash ko’nik-
    malariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim 
    va ko’nikmalarni mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish imkonini 
    beradi. 


    Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud 
    bo’lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr 
    yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda 
    ko’proq to’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li 
    o’lkalarda bir necha geologik davrlarga xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi 
    mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular 
    magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning qaysi guruhiga mansubligi 
    aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushun-
    tiriladi. Cho’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni qatlamsimon 
    joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va har qatlamdagi jinslarni 
    xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. 
    Masalan, agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning 
    ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak 
    dastlab kuchli oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin 
    oqim sharoitida qum qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida 
    yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan. 
    Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda sayohat davomida g’isht 
    xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi 
    mumkin. 
    Joyni relefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relef hosil qiluvchi 
    omillar va asosiy relef shakllarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan 
    tashqari tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan relef 
    shakllari xam alohida ajratib ko’rsatilishi zarur. 
    Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. 
    Shunining uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qism-
    lari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan 
    joyda mavjudligi aytib o’tiladi va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib 
    beriladi. 
    Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor 
    beriladi. O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: 
    daraxtlar, butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruhlarga 
    bo’lib yuboriladi: sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar, baliqlar, 
    xashoratlar. Har bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish.

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish