• O’quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg’otish.
  • O’quvchilarni tabiiy muhit xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    O’quvchilarni tabiiy muhit xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish

    O’quvchilarni tabiat xaqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini 
    o’rganish jarayonida tabiiy muxit xaqida tasavvurlari yanada kengayadi va 
    rivojlanadi. Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, 
    atmosfera, biosfera) o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muxit xaqida 
    tasavvurlari kengaya boshlaydi. 
    O’quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg’otish. 
    Geografiya 
    to’garagida, geografik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda 
    geograf - sayyoh va olimlar, yirik geografik kashfiyotlar, materiklarni kashf 
    qilinish tarixi, xalq xo’jaligini rivojlanishida geografiyani o’rni xaqida 
    ma’lumotlarni o’rganish davomida o’quvchilarda geografiya faniga 
    bo’lgan qiziqish ortib boradi. 
    O’quvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muxim 
    axamiyatga ega, mazkur ishlarni xam asosan geografiya to’garagida olib 
    boriladi. Unda turli xil geografik tadqiqotlar xaqida to’garak a’zolari 
    ma’lumotlar tayyorlab ular asosida ma’ruzalar tayyorlashadi. 
    Sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: 
    - tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkon beradi; Sinfdan tashqari 
    ishlarda o’quvchilar o’z yashash joyining tabiati, xo’jaligi va aholisi haqida 


    chuqur bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda 
    vatan bilan fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi; 
    - sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga, 
    nazariy bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga aylantirish amaliyoti 
    bilan bog’lashga imkon beradi; 
    - sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyor-
    lashga imkon beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi. 
    Bunday ishlar to’garak ishlarini olib borishda, muhim amaliy tadbirlarni, 
    tajriba va eksperimentlarni o’tkazishda amalga oshiriiladi; 
    - sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan. 
    Chunki sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni geografik bilim va 
    ko’nikmalari yanada chuqurlashadi; 
    - sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas 
    bog’langan. Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, maz-
    munida va metodlarida ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan 
    tashqari ishlardan farqi ular maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan 
    uyushtiriladi va amalga oshiriladi (yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari 
    va x.k). 
    Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyi-
    dagi usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985) 
    - og’zaki usullar ma’ruza, suhbat, intervyu. Ushbu usullarda bilish 
    manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suxbatlar, ma’ruzalar, 
    intervyularni olimlar, ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xodim-
    lari, xalq xo’jaligi mutaxasislari olib boradi; 
    - amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan 
    amaliy ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar 
    geografik asbob uskunalar va jihozlardan foydalanish, geografik kartalar 
    bilan ishlashni, atrof muhitni muhofaza qilishni amalda o’rganishadi; 
    - kuzatish usullari. Ushbu usularni tabiatni va xo’jalikni kuzatishda 
    qo’llash mumkin. Bu esa geografik voqea va xodisalar hamda borliqlarni 
    xar tomonlama o’rganishga ikon beradi. Tabiatni va xo’jalik faoliyatni 
    kuzatish muntazam va vaqtincha bo’lishi mumkin. Masalan, ob-havoni 
    daryo va ko’l satxini yer po’stini harakatlarini muntazam kuzatib boriladi. 
    Tabiiy geografik va iqtisodiy geografik jarayonlarni ma’lum bir vositalarda 
    kuzatish mumkin. Masalan, surilmani rivojlanishi, daryo erroziyasi, yer 
    yuzasini cho’kishi, qishloq xo’jalik yoki sanoat maxsulotlarni ishlab 
    chiqarish va boshqalarni ma’lum vaqtda ko’zatish mumkin; 


    - tajriba –eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geog-
    rafik voqea va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’kindi 
    jinslarni hosil bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi, quduqlarni 
    tuzilishi va shakllanishini namoyish qiladigan masalalar; 
    - qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodi-
    salarni moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish, 
    priborlar, uskunalar, jihozlarni qurish va yasash. Modellar geografik 
    ob’ektlarni tuzilishini tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan 
    geografik ob’ektlar xajmi xaqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’, 
    vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna pechi va h.k.); 
    - sayohat usuli. Geografik voqea va xodisalar, ob’ektlarni tabiatda, 
    ishlab chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi; 
    - manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta 
    axamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda 
    ob’ektlarni o’rganishni turli bosqichlarida qo’llaniladi: tadqiqotni tay-
    yorgarlik bosqichida; tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot natijalarini 
    umumlashtirish bosqichida; 
    - kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi. 
    Geografiya ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda, tadqiq qilishda va 
    o’rganishda qo’llaniladi. 
    Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quv-
    chilarni mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida 
    qo’llash mumkin. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarni tabiiy muhit xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish