• O’lkashunoslik muzeyi.
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Geografik klublar.
    Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni darsdan bo’sh 
    vaqtlarini ilmiy-bilish faoliyati bilan to’ldirishdir. Geografik kulubdagi 
    ishlar to’garak, izostudiya, folklor ansambli, kinolektoriya va boshqalar 
    bilan birga olib boriladi. Geografiya jamiyatiga o’xshab geografik klub xam 
    o’quvchilarni kata qismini jalb qiladi. Uning o’tkazadigan marosimlarida 
    maktab joylashgan qishloq yoki mahallaning aholisi ham qatnashishi 
    mumkin. U faqat geografik bilimlarni targ’ibot qilibgina qolmasdan 
    o’quvchilarni maktabdagi mashg’ulotlar tugagandan so’ng bekorchilik va 
    boshqa keraksiz ishlar bilan shug’ullanishini oldini oladi. Chunki u maktab 
    joylashgan mahalla yoki qishloqning madaniy markazi bo’lib ham hisob-
    lanadi. Geografik klublar hozirgi vaqda maktabdan tashqari muassa-
    salarda xam tashkil qilinishi mumkin. 
    O’lkashunoslik muzeyi.
    O’lkashunoslik muzeyini jihozlash geogrfik 
    to’garak, geografik jamiyat yoki klub asosida olib boriladi. Sinfdan tashqari 
    xamda maktabdan tashqari ishlarning natijalari o’lkashunoslik muzeyini 
    tashkil qilish va jihozlashda katta ahamiyatga ega. Geografiya to’garagini 
    har bir tarmog’i bo’yicha yig’ilgan materiallar muzeyga eksponat sifatida 
    qo’yiladi. Masalan, ‚Yosh biolog‛ bo’limi muzeyini tuproq, o’simlik va 
    hayvonot dunyosi namunalari bilan jihozlashlari va muntazam to’ldirib 
    borishlari lozim, ‚Yosh iqtisodiy geograf‛ tarmog’i esa joydagi ishlab 
    chiqarish korxonalari maketlari va ularning maxsulotlari namunalari bilan 
    muzeyni jihozlashlari mumkin va h.k 
    O’lkanunoslik muzeyi sinfdan tashqari ishlarni natijalarini umumlash-
    tirib ko’rsatadi. Mazkur muzey ishlarida ‚Yosh tarixchi‛ to’garagi a’zolari 
    xam qatnashishi mumkin. Ularni qo’llagan materiallari o’lka tarixi 
    bo’limining eksponatlarini to’ldiradi. 



    Download 2,49 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish