|
Geografik konferentsiyalar va kechalar Pdf ko'rish
|
bet | 139/145 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 2,49 Mb. | | #264179 |
Bog'liq УКУВ КУЛЛАНМА география методика17.2.3 Geografik konferentsiyalar va kechalar.
Maktab o’quvchilarini geografiya faniga qiziqtirishni yana bir bosqichi
‚Geografik konferentsiya‛ hisoblanadi, geografik konferentsiyada ishlar
quyidagi tartibda olib boriladi.
1. Konferentsiyaning mavzusi aniqlanadi. Konferentsiyaning mavzusi
geografiya fanining hamda o’lka geografiyasining dolzarb muammolariga
bag’ishlanadi. Masalan, cho’llanish jarayoni, iqlimni isishi, yoqilg’i resurs-
larini muammosi, demografik muammo, ekologik muammo va h.k.
2. Konferentsiyaga tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir mavzuga
bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxati tuziladi. 10-15 kun avval konferentsiya
o’tkazish haqida ma’lumot osib qo’yiladi.
3. Konferentsiyani o’tkazish. Konferentsiya qatnashchilari o’zlari
tanlagan mavzu bo’yicha loyiha tayyorlashadi va uni konferintsiyada
himoya qilishadi. Masalan, O’zbekiston maktablarida ‚Orol muammosi‛ga
bag’ishlangan konferentsiya tashkil qilish mumkin. Geografiya o’qituvchisi
mazkur muammoni quyidagi qismlarga bo’lib har bir bo’lim bo’yicha
loyiha tayyorlashni xoxlovchi o’quvchilarga topshirishi mumkin: Orolni
XX asrning birinchi yarmidagi tabiiy geografik sharoiti; Orolni XX asrning
ikkinchi yarmidagi quriy boshlashining asosiy sabablari; Orolni qurishini
geografik oqibatlari; Orolni qutqarib qolish bo’yicha loyixalar.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha quyidagi loyihalarni yashab
turgan joyi bo’yicha tuzish mumkin:
1. Joyining (shahar, tuman, qishloq) geografik joylanishi. Bunda
quyidaggi ma’lumotlar yoritiladi: matematik geografik joylanishi; tabiiy
geografik joylanishi; iqtisodiy geografik joylanishi; siyosiy geografik
joylanishi; geogekologik joylanishi.
2. Joyning tabiiy resurslari
3. Joyning tarixi
4. Joyning iqtisodiy geografik joylanishi
5. Joyning rekratsion va turistik ob’ektlari
6. Joyning rivojlanish kelajagi
Mazkur mavzularni o’quvchilarga bo’lib beriladi va ular geografik
konferentsiya uchun ma’ruza tayyorlashadi.
|
| |