Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquv-
chanligini oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda
ularni tadqiqot o’tkazish usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng
ularda tadqiqot o’tkazish uchun mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda
o’quvchilar matematik, kartografik usul bilan hamda geografik asbob-
uskunalar, jihozlar va priborlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari
shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilaishi mumkin:
joyni tuprog’ini o’rganish va kartaga tushirish; joydagi antropogen
landshaftlarni o’rganib ularni geografik kartaga tushirish, joydagi ishlab
chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.