V –QISM
17-BOB. SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Sinfdan tashqari ishlar umumta’lim maktablarida juda muhim ta’limiy
– tarbiyaviy axamiyatga ega. shuning uchun sinfdan tashqari ishlar o’quv
jaryonining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarga geogra-
fiya to’garagi, sinfdan tashqari o’qishlar, geografik konferintsiyalar, geog-
rafik kechalar, geografik haftalar, geografik sektsiyalar, geografik jamiyat-
lar, o’lkashunoslik muzeyi, geografik klublar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirshda,
mustaqil ishlarni, ko’nikmalarni shakllantirishda, o’quvchilarni tabiatga va
o’z vataniga muhabbat ruhida tarbiyalashda, o’quvchilarni o’z vatanlarini
yutuqlaridan faxirlanish tuyg’ularini shakillantirishda muhim ahamiyatga
ega, shuning uchun sinfdan tashqari ishlarni maqsadi va vazifalari aniq
ishglab chiqilsa ularni samarasi juda yuqori bo’ladi.