• 17.2.1. Geografiya to’garaklari.
  • Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi
  •  Sinfdan tashqari ishlarning shakllari




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    17.2. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari. 
    Sinfdan tashqavri ishlarning asorsiy shakllariga geografik to’garaklar, 
    geografik sektsiyalar, geografik klublar, o’lkashunoslik muzeylari, sinfdan 
    tashqari o’qish, ‚Geografiya kechalari‛ kiradi. 
    17.2.1. Geografiya to’garaklari. 
    Geografiya to’garaklari sinfdan tashqari ishlarni asosiy shakli bo’lib 
    hisoblanadi. Geografiya to’garagining asosiy maqsadi o’quvchilarni geog-
    rafiya faniga qiziqishini kuchaytirish, ularni geografik bilim va ko’nikma-
    larni yanada rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. 
    Geografiya to’garagini tashkil qilish va uni faoliyatini muntazam olib 
    borishda to’garak boshlig’i quyidagi ishlarni amalga oshiradi: a) tashkiliy 


    ishlar; b) to’garakni ilmiy yo’nalishlarini aniqlash; v) to’garakda ilmiy 
    ishlarni borishini boshqarish. 
    Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi: 

    geografiya to’garagi uchun joy tanlash. Geografiya to’garagi uchun 
    alohida xona sifatida geografiya kabinetini olish mumkin. Chunki geog-
    rafiya kabinetida to’garak a’zolari uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, 
    jihozlar, priborlar, geografik xartitalar va atlaslar mavjud bo’ladi. Mabodo 
    geografiya kabineti bo’lmasa to’garak xonasi to’garak a’zolari tomonidan 
    maktab raxbariyati yordamda jihozlanishi lozim. Geografiya xonasidagi 
    barcha o’quv vositalari ro’yxati bo’lmog’i lozim. Geografiya xonasida 
    o’quv vositalari geografiya fanini tarmoqlari bo’yicha joylashtirilgan 
    bo’lmog’i lozim. Masalan, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, o’lka-
    shunoslik, qo’shimcha vositalar (qo’shimcha adabiyotlar); 
    - to’garakni a’zolarini ruyxatini tuzish. To’garakka turli sinflardan 
    geografiya faniga qiziquvchilar a’zo bo’lishlari mumkin. Shuning uchun 
    to’garak a’zolaprining yoshi ham qiziquvchanlik darajasi va bilim va 
    ko’nikmalari ham turlicha bo’ldi, demak to’garakni ishini loyihalashti-
    rilayotganda, to’garak a’zolariga topshiriqlar berayotganda mazkur farqlar 
    hisobga olinmog’i lozim; 
    - to’garakni tashkiliy qo’mitasini tuzish. To’garakni birnchi majlisida 
    uning tarkibiy qo’mitasi tuziladi. Bunda to’garakni rahbari, yo’nalishlar 
    bo’yicha rahbar va a’zolar aniqlanadi va tasdiqlanadi; 
    - to’garakni nomi va uning yo’nalishlari aniqlanadi. To’garakni nomi 
    ‚Yosh geograf‛ bo’lishi mumkin. Uning ichida quyidagi yo’nalishlarni 
    tashkil qilish mumkin: ‚Yosh tabiiy geograf‛, ‚Yosh iqtisodiy geograf‛, 
    ‚Yosh o’lkashunos‛, ‚Yosh geolog‛, ‚Yosh topogrof‛, ‚Yosh kartograf‛, 
    ‚Yosh meteorolog‛, ‚Yosh gidrolog‛, ‚Yosh ekolog‛, va h.k; 
    - to’garak va uning tarmoqlarini ish rejasi tasdiqlanadi va uning ish 
    faoliyati boshlanadi. Ish rejasi o’quv yili va chorak uchun tuziladi. Har 
    o’quv yilida qilingan ishlar bo’yicha hisobot tuziladi. To’garakning ishi har 
    xaftada bir marta o’tkaziladi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sinfdan tashqari ishlarning shakllari

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish