devoriy gazetalar chiqarish, vektorinalar, KVN, geografik va ekologik
mazmunga ega bo’lgan filmlar.
Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi
mumkin:
alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik
sharoiti; shahar yoki tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki
tumandagi demografik muammolar va h.k.
‚Geografik kartalar‛ O’zbekistonda XX asrning 80-yillari keng
tarqalgan edi. ‚Geografiya kartasida‛ 6 kun davomida darsdan so’ng
sinfdan tashqari ishlar tadbirlari o’tkaziladi. Unda asosan geografik
bilimlar targ’ib qilinadi.
17.3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo’nalishalari.
Sinfdan tashqari ishlar juda xilma xildir. Ayrim sinfdan tashqari ishlar
ko’p xollarda bir birini qaytaradi. Shuning uchun ular ma’lum bir yo’na-
lishlar bo’yicha guruhlashtiriladi: turistik o’lkashunoslik;
ilmiy-bilish;
madaniy va oqartuv; mehnat; muzey; nashriy (Yu.I.Valishina, 1985 y.)
17.3.1. Turistik o’lkashunoslik yo’nalishi.
Ushbu yo’nalishga sayohatlar, o’quv ekskursiyalari, gegrafik ekspe-
ditsiyalar, geografik yig’inlar (slyotlar) kiradi. Gegrafik yurishlar (poxod-
lar) turistik o’lkashunoslik ishlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi.
Mazkur yurishlarda turistik va o’lkashunoslik ishlar uyg’unlashgan holda
olib boriladi. Turistik ishlarga yo’nalishni tanlash va ishlab chiqish, turistik
ko’nikmalarni egallash kiradi.
O’lkashunoslik ishlariga esa o’z yashash joyining tabiatini, xo’jaligini,
tarixini, madaniy yodgorliklarini o’rganish kiradi.
Yurishga tayyorlanish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iboarat:
- tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda
yurishga chiqadiganlar
soni, sinfi, ro’yxati aniqlanadi. Yurishda zarur bo’ladigan jihozlar asbob
uskunalar aniqlanadi. yurishlar bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin;
-yurish yo’nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo’nalish bo’yicha yurish ,
dam olish joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi; oziq-
ovqat masalalari hal qilinadi;
- yo’nalishni tanlash yurish maqsadiga qarab aniqlanadi. Yurishni
maqsadlariga qarab turistik va o’lkashunoslik anjomlari ro’yxati tuziladi va
topiladi;
- yurishni o’tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi vazifalari hamda
qoidalari haqida o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. O’quvchilar guruhlarga
bo’linadi. Har bir guruhning boshlig’i tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi.
Masalan, bir guruh mashrutni tabiiy sharoitini o’rganadi.
Relef shakillari
gidrografik ob’ektlar, tuproq, o’simlik va hayavonot dunyosi asosiy
landshaft turlari, noyob tabiat ob’ektlari o’rganib boriladi. Ikkinchi guruh
esa mashrut bo’yicha joylashgan iqtisodiy geografitk ob’ektlarni o’rganib
boradi: qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, sanoat korxonalari,
aholi punkt-
lari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy obidalar, rekratsion va
turistik ob’ektlarni o’rganib kartaga tushirib borishadi;
- yurish so’ngida uning natjalari qayta ishlanadi va hisobot natijalari
geografik konferentsiya yoki geografiya to’garagi yig’ilishida muhokama
qilinadi.
Geografik ekskurtsiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning
asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Geografik ekskurtsiyalar qisqa muddatli ya’ni bir kunli bo’lib va
asosan tabiatga va sanoat korxonalariga uyushtiriladi. Geografik ekskur-
siyalarning maqsadi o’quvchilarni nazariy
olgan bilimlarini mustah-
kamlash, tabiatni va ishlab chiqarishni faqat ko’rib qolmasdan ularni
tadqiq etish ko’nikmalarini shakllantirishdir. Har qanday geografik
ekskursiya uch qismdan iborat bo’ladi: ekuskurtsiyaga tayyorgarlik;
ekuskurtsiyani o’tkazish;olib boriladigan ishlarni yakunlash. Ekskursiya
natijalari bo’yicha hisobotlar tuziladi va geografiya to’garagi yig’ilishda
himoya qilinadi.
Geografik
ekspeditsiyalar murakkabroq, muddati nisbatan kattaroq
bo’lgani uchun maktabda uncha keng tarqalmagan. Geografik ekspe-
dettsiyalarni o’tkazishni murakkabligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ekspedettsiyaning maqsadini ishlab chiqish; ilmiy topshiriqlarni ishlab
chiqish
yoki olish, jihozlar va anjomlarni olish; o’quvchilarni turistik va
geografik nuqtai nazardan tayyorlash, ekspedittsiyani o’tkazishini tashkiliy
jihatdan murakkabligi.
Umumta’lim maktablarida ekspedittsiyalar dorivor o’simliklarni
aniqlash va belgilash, ichimlik suv zaxiralarini qidirish,
rekratsion va
turistik imkoniyatlarini aniqlash va baholash bo’yicha olib borilishi
mumkin.