Masalan,
litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib
bo’lgandan so’ng uyushtirish mumkin.
Maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlarini o’tkazish quyidagi
tartibda amalga oshiriladi: o’quv sayohatining
maqsadi va vazifalari
hamda o’tkazish joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv
sayohati xaqida va sayohat o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar
bilan suhbat o’tkaziladi.
Maxsus o’quv sayohatlari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin:
joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relefini o’rganish; joynining
ichki suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot
dunyosini o’rganish; joyning landshaftlarini o’rganish;
Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlaridan
farq qilib maxsus
tabiiy geografik sayohatlarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda
chuqur va har tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi
ochilma mavjud bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov,
1985)
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti
yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib
qo’yiladi.
2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash.
Har bir qatlamning
qalinligi va tog’ jinslarining xolatini o’rganish.
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Har bir qatlamni chizish
davomida undagi tog’ jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan
iborat, qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash.
Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab harflar bilan belgilanadi.
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati
tavsifi tuziladi. Masalan,
qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar
mavjud, gilning namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish
xolati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa
uning qiyaligi aniqlanadi. Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish
mumkin.
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi
mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan holda olish lozim bo’lsa
o’lchami 10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafinlanadi. Buning uchun
parafin (sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra
monolitga etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar
yozilgan
bo’lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining
nomi,
olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun. O’quvchilar ochil-
malarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng
bunday ishlarni
mustaqil ravishda bajarishlari mumkin.
Xuddi shunday taxlitda tabiat tarkiblarini boshqa qimslarini alohida
o’rganish mumkin. Masalan, joydagi tuproq qoplamini o’simlik va
hayvonot dunyosini va landshaftlarni o’rganish.
Joydagi landshaftlar quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
-tabiiy va antropogen landshaftlar ajratib olinadi va ular kartaga
tushiriladi;
-tabiiy landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (o’rmonlar, buta-
zorlar, qumloqlar va x.k.)
-antropogen landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (seliteb,
agrogen, gidrogen, yo’l, sa’noat va h.k)
Maktab geografiyasida landshaft bo’yicha
faqat juda umumiy va
sodda bilimlar beriladi. Shuning uchun o’quv sayohatlari davomida xam
landshaftlar to’g’risida sodda va umumiy bilimlar berilmog’i lozim.
Maktab tabiiy geografiya kurslarida landshaft, joy, urochishe va
fatsiyalarga bo’lib o’rganilmaydi,shuning
uchun sayohat davomida ular
mazkur birliklarga ajratilmaydi.