• 15-BOB. GEOGRAFIYA DARSI TURLARI
  • 15.1. Kirish darsi.
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1. Geografiya ta’limini tashkil etishning asosiy shakllarini aniqlang. 
    2. Geografiya darslariga qo’yiladigan talablar chizmasini tuzing. 
    3. Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish deganda nimani 
    tushunasiz? 
    4. Darsning mazmunini ilmiy bo’lishi qanday ta’minlanadi? 
    5. Darsni ilmiy bo’limi nimalar orqali ochib beriladi? 
    6. Asosiy bilimlarga nimalar kiradi? 
    7. Ikkinchi darvajali bilimlarning vazifasi nimalardan iborat? 
    8. Dars xayot bilan qanday bog’lanadi? 
    9. Geografiya darslarida qanday kasblar haqida o’quvchilarga ma’lumotlar 
    berish mumkin? 
    10. Darsni tuzilishini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 
    11. Dars o’tish uchun o’qitish metodlari qanday tanlanadi? 
    12. Geografiya darslarida predmetlararo aloqalar qanday amalga oshiriladi? 
    13. Qanday xollarda geogrfiya darslarida o’lkashunoslik materiallaridan 
    foydalaniladi? 
    14. Geografiya darslarida iqtisodiy tarbiya qanday amalga oshiriladi? 
    15. Geografiya darslarida ekologik tarbiya qanday amalga oshiriladi? 


    16. Geografiya darslari qanday qismlardan tuzilgan? 
    17. Geografiya darslarini rejalashtirishni qanday turlarini bilasiz? 
    18. O’qituvchi darsga tayyorlanishida nimalarga e’tibor berishi lozim? 
    15-BOB. GEOGRAFIYA DARSI TURLARI 
    Geografiya darslari ta’limni tashkil qilishning eng asosiy turlardan 
    hisoblanadi. Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi 
    turlarga bo’linadi: kirish darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash 
    dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi. 
    15.1. Kirish darsi. 
    Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya predmetlarini va 
    yirik mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi. 
    Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha 
    bilim va ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: 
    o’quv yilini boshida o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rga-
    nishdan olidin tashkil qilinadigan kirish darslari; chorak boshlanishida 
    o’tkaziladigan kirish darslari. 
    O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni 
    bajaradi: 
    - darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish; 
    - darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, 
    jadvallar); 
    - darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish 
    yirtmaslik, chizmaslik, yozmaslik va h.k. 
    Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish 
    mumkin. ‚Boshlang’ich tabiiy geografiya‛ (5-sinf) kursida Yer qobiqlari 
    bo’limini o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda 
    quyidagii xolatlarga e’tibor bermoq lozim: 
    - geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni litosfera, 
    gidrosfera, atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi; 
    - har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq 
    moddalardan, gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon 
    moddalardan, biosfera esa tirik moddalardan iborat ekanligi xaqida 
    bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng o’quvchilar ongida Yer qobiqlari 
    haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy tasavvurlar xosil bo’ladi. 
    Iqtisodiy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini 
    tashkil qilish mumkin. Masalan, ‚Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi‛ 


    kursida jaxon xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: 
    unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi: 
    - jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi; 
    - jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi (4-rasm); 
    Sanoat 
    Qishloq 
    xo’jaligi 
    Transporti 
    Xalqaro 
    iqtisodiy 
    aloqalar 
    4-rasm.
    Jaxon xo’jaligi tarkibiy qismlari. 
    - shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi, transport va xalqaro iqtisodiy 
    aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i 
    quyidagi qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron. 
    Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga 
    oshiriladi; bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik jixatdan 
    tayyorlanadi; o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga 
    nisbatan qiziqish uyg’otiladi. 
    Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni barcha 
    elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish, 
    ayrim xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa 
    berish amalga oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi 
    material o’tiladi, uyga vazifa berilmasligi ham mumkin. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish