• 14.3. Geografiya darslarini rejalashtirish.
  • Mavzuli rejalashtirish
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Uyga vazifa berish.
    Darsning yakunida uyga vazifa beriladi. Uyga 
    vazifa mavzusi sinf taxtasiga yozib qo’yiladi. Shundan so’ng uni bajarish 
    bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatmalar beradi. 
    Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida beriladi. Bunda o’quv-
    chilar uy vazifasini maqsadi va mohiyatini tushunib yetishmaydi. Ko’p 
    xollarda o’qituvchi ham uy vazifasini berib ham, tushuntirib xam ulgur-
    maydi. Shuning uchun uyga vazifa darsning boshida, yangi mavzuni o’tib 
    bo’lgandan so’ng berilsa uni qanday bajarishni o’quvchilarga to’laroq 
    tushuntirib berish mumkin. 
    Uyga berilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini 
    hisobga olmoq zarurdir. Matn bo’yicha beriladigan vazifalarni kartalar, 
    jadvallar va chizmalar bo’yicha beriladigan topshiriqlarni alohida 
    tushuntirish lozim. 
    14.3. Geografiya darslarini rejalashtirish. 
    Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim 
    vazifalardan biri hisoblanadi. Geografiya darslarini rejalashtirish ikki 
    qismdan iborat: mavzuli va dars rejasi, darsning samaradorligi uni qanday 
    rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars rejalari qanday mukammal 
    tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashi shuncha tez 
    va oson bo’ladi. 
    Mavzuli rejalashtirish
    . Mavzuli rejalashtirishda ma’lum bir geogra-
    fiya predmeti bo’limlari bo’yicha o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi 
    doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o’qituvchini bilimlar tizimini shakl-
    lantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash, 
    tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni shakllantirishni 
    asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy 
    ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rejalash-
    tirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: a) ma’lum bir kurs bo’yicha 
    o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs 
    bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni ham-


    korlikda faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda 
    mavzuli rejalar soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va 
    qo’shimchalar kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jal-
    langan bo’ladi. 
    Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy 
    xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. 
    Shu munosabat bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va 
    ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllan-
    tirishda alahida bosqich bo’lmog’i lozim. Shuning uchun umuta’lim 
    maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha, bo’limlar va mavzular 
    bo’yicha rejasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim deb qaralmohi 
    lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas 
    bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: 
    tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini 
    to’ldirishi lozim. Tabiiy geografik tizimning o’zi alohida geografiya pred-
    meti tizimidan, ular esa bo’limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning 
    uchun har bir darsni ma’lum bir yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb 
    qarash mumkin. 
    Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular 
    turli xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat 
    yangi material o’rganilishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari 
    bo’lishi mumkin ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni 
    o’rganish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa 
    berish. 
    Mavzuli rejalatirishda quyidagi ma’lumotlar aks etish lozim: dars 
    mavzusi; dars turi; ta’limiy maqsadi; tarbiyaviy maqsadi; qo’llaniladigan 
    o’qitish metodi; darsning tuzulishi; dars jihozi; tayanch tushunchalar; 
    predmetlararo aloqalar; ichki predmetlararo aloqalar. (9-jadval). 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish