o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, o’rganilgan darsni mus-
tahkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini asoslash va
ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan, ‚Boshlang’ich
tabiiy geografiya‛ kursida ‚Masshtab‛ mavzusini o’rganganda uni qu-
yidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha,
sonli masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash.
Darsning tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda
ulardan oldingi va keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.