Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/145
Sana18.06.2024
Hajmi2,49 Mb.
#264179
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish.
Geogra-
fiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab 
chiqish darsni samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy 
maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va 
hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar 
shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va 
mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’min-
lanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakllantirish davom 
ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash, qo’shimcha ada-
biyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy, ahloqiy va 
kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya 
berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish.
 


Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i 
lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jihatdan 
tarbiyalashga imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oya-
sini shaklantirishga, geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati 
orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy 
vazifalariga Vatanimizni mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish, 
mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, 
madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta 
samara beradi. 
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsad-
lari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim. Darsni maqsadi va vazifalariga 
misollar keltiramiz. ‚O’rta Osiyoning relefi va foydali qazilmalari‛ mav-
zusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relef shakllarini 
joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relef shakllari 
haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relef shakllarini hosil bo’lishida 
shamolni o’rni va ahamiyatini ochib berish; relefni hosil bo’lishida va 
rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada 
rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish 
va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; 
karta asosida relefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom 
ettirish (Dushina, 1985)

Download 2,49 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   145




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish